馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qoraxoniylar davriga oid xazina topildi


Toshkent viloyati Oqqo始rg始on tumani “Shohruxiya” mahalla fuqarolari yig始ini Hosildor mahallasining janubidagi Sirdaryoning o始ng qirg始og始ida joylashgan Shohruxiya arxeologik yodgorligining daryoga tutash jarligidan shu yerli fuqaro Shodiyor Ergashev ko始kimtir tusga kirib qolgan 427 dona mis tangalarning jamlanmasiga duch kelgan. Tangalarni olayotganda paytda ular solib qo始yilgan mato qopcha titilib, kukinga aylanib ketgan.

 Topilmaning noyobligini tushunib yetgan Shodiyor Ergashev bu haqda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutiga, xususan, bizga murojaat qildi. Xabarni olgach, 2021-yilning 18-aprel kuni Shohruxiyaga yetib borildi. Topilmalarni ilmiy jihatdan o始rganish uchun Institutga olib kelindi.

Ko始rinishidan zang bosib, ko始kimtir tusga kirib qolgan mis tangalarning bir nechtasi tozalandi. O始rganishlar natijasida ularning og始irligi 4 grammdan, diametri 31-33 mm.dan iborat ekanligi aniqlandi. Tangalarning har ikkala tomoniga bo始rtma shaklida arab yozuvida matnlar bitilib, bezaklar tushirilgan.

Tanganing old tomoniga qavariq ko始rinishdagi ikki qatorli, sakkiz qirrali geometrik shaklli hoshiya ichiga arab harflaridagi 賱丕 丕賱賴 丕賱丕 / 丕賱賱賴 賲丨賲丿 / 乇爻賵賱 – “袗llohdan o始zga iloh yo始q, Muhammad 袗llohning Rasuli” so始zlari bitilgan. Hoshiyadan tashqarida, tanganing chetiga ham aylanasiga arab harflarida so始zlar yozilgan bo始lib, ular o始chib ketganligi sababli nimalar yozilganligini aniqlashning imkoni bo始lmadi.

Tanganing orqa tomoniga ham qavariq ko始rinishda ikki qator halqa ichiga nuqtachalar tushirilgan bo始lib, hoshiya ichiga to始rt tomonidan tashqariga bargsimon bezatilgan kvadratcha ichiga esa arabiy harflarida / 丕乇爻賱丕賳 / 禺丕賯丕賳? – “? 袗rslon xoqon” so始zlari bitilgan. Tanganing bu tomonidagi hoshiya tashqarisidagi arabiy harflar chekilgan yozuvlar ham o始chib ketgan.

  

Mazkur tanganing zarb etilish davri Qoraxoniylar hukmdori 袗rslonxon Muhammad ibn Sulaymon (?-1130/1131) nomi bilan bog始liq. U 1102-1130-yillarda Movarounnahrni boshqargan. Tanganing zarb etilish davri unda zikr etilgan 袗rslon xoqon nomi orqali o始z tasdig始ini topadi. Tanganing tahlili o始sha davrda bu hukmdor “袗rslon xoqon” deb nomlanganligini ko始rsatadi. Bu ma始lumot ham tariximizni oydinlashtirish uchun muhim ashyoviy dalil sanaladi.

Topilmalar aniqlangan Shohruxiya yodgorligi milodiy I asrlardayoq mustahkam boshqaruv tizimi, ya始ni qarorgoh – ark va aholi yashaydigan qism – shahristondan iborat shahar bo始lgan. IX-XII asrlarda shahar rivojlanib, Banokat nomi bilan mashhur bo始lgan va shu nom bilan tangalar ham zarb qilingan. Mo始g始ullar davrida vayron etilgach, 袗mir Temur hukumronligi davrida qayta tiklanib, Shohruxiya nomini olgan. XVIII asrlarga kelib esa yana xarobaga aylangan. Ushbu shahar o始z vaqtida janubdan Toshkent vohasi kirib kelinadigan karvon yo始lini va Turonning shimoliy o始lkalari nazorat qilinadigan qo始rg始on-shahar vazifasini bajargan. Ehtimol shahar ahli orasidagi savdogar yoki amaldor bu topilgan tangalarning egasi bo始lishi mumkin.

 

Dilmurod NORMURODOV,

Fanlar akademiyasi Tarix instituti bo始lim boshlig始i


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!