O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San始atshunoslik instituti hamda Koreya Respublikasi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Qoratepa buddaviylik markazida 2011-2014 yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar” nomli kitob nashr etildi.

Mazkur kitobda O始zR F袗 San始atshunoslik instituti va Koreya Respublikasi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti qo始shma ekspeditsiyasining Ko始hna Termizdagi Qoratepa buddaviylik markazida 2011-2014 yillarda olib borgan arxeologik tadqiqotlarining dastlabki natijalari bayon etilgan. Izlanishlar natijasida O始rta Osiyo hududidagi milodiy I asr o始rtalariga oid ilk asosi aylana ko始rinishidagi buddaviylik stupasi kashf qilingan.