O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari tomonidan ilk bora dunyo bozorida analogi bo始lmagan “Kuprumxit” preparatni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi.
“Kuprumxit” preparati g始o始za va bug始doy o始simliklari urug始larini ekish oldidan ishlov berishda hamda o始simliklar kasallanishining oldini olishda 0,5 % li eritma shaklida qo始llaniladi. Qishloq xo始jaligi ekinlari o始simliklari urug始larini polimer shaklli “Kuprumxit” preparati bilan kapsulalab ekish natijasida urug始ni noqulay ob-havo sharoitlaridan himoya qiluvchi polimer plyonka hosil bo始ladi. G始o始za va bug始doy urug始larini “Kuprumxit” preparati bilan kapsulalab ekishda 20 l/t maqbul sarf me始yori sifatida aniqlangan. Preparat o始simliklarda kasallik qo始zg始atuvchi mikroorganizmlarga nisbatan samarali ta始sirga ega bo始lgan va o始sishni jadallashtiruvchi, immun faollikni oshiruvchi ekologik faol, bioparchalanuvchan, tarkibida biologik faol xitozan va mis (II) ionlari saqlovchi hosilasi hisoblanadi.

“Kuprumxit” preparati tarkibidagi ta始sir etuvchi moddasi hisobiga qishloq xo始jaligi o始simliklarida uchraydigan kasalliklarga qarshi samarali ta始sirga ega preparat hisoblanadi. Preparat qishloq xo始jaligida samarali preparat hisoblanib, g始allaning qorakuya kasalligida, shuningdek, mevali daraxtlarda – Monilia fructicola, Monilia fructiigena zamburug始lari chaqiruvchi monolioz kasalligini oldini olish va davolashda 80-85% biologik faollikka ega.