馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qanqa kompleks ekspeditsiyasi qayta tiklandi


O’zR FA Milliy arxeologiya markazining Qanqa kompleks ekspeditsiyasi oldiga 2021-yilda Qanqa yodgorligidagi arxeologik izlanishlar yodgorlikning o始rta asrlar davriga oid yuqori madaniy qatlamlarini o始rganishni vazifasi qo始yilgan edi. 袗rxeologik izlanishlar davomida ekspeditsiya a’zolari tomonidan Qoraxoniylar davriga oid o始ziga to始q kishining turar-joy xonadoni qoldiqlari ochildi. Turar-joy devorlari fundamentiga 2-4 qatorgacha pishiq g始ishtlar terilib, yuqori qismi sinch uslubida qurilgan. Xonadonning ayrim xonalari, shuningdek, koridor pollari o始z davri uchun qimmatbaho hisoblangan pishiq g始ishtlar bilan qoplangan. Xonalarning ayrimlariga pishiq g始ishtlardan maxsus yuvinish joylari qilingan.

Olib borilgan tadqiqotlar davomida, shuningdek, mahsulotlar saqlashga mo始ljallangan yer ostiga qilingan maxsus xona ham ochib o始rganildi. Mazkur inshoot qadimda ajdodlarimizning mahsulotlarni saqlash usullari haqida ma始lumot berib, o始ziga xos “muzxona” – muzlatgichlar yaratishganligi haqida ma始lumot beradi. Ushbu yer osti “muzxona”da mahsulotlar saqlangan idishlar bilan birgalikda Qanqa aholisining savdo aloqalaridan dalolat beruvchi chig始anoqdan yasalgan maxsus idish ham topildi.

 

Tadqiqotlar davomida qayd etilgan topilmalar Qanqa shahri qadimgi Toshkent vohasida joylashgan Buyuk ipak yo始lidagi yirik markazlardan biri bo始lganligini tasdiqlaydi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!