Qanqa kompleks ekspeditsiyasi qayta tiklandi

O’zR FA Milliy arxeologiya markazining Qanqa kompleks ekspeditsiyasi oldiga 2021-yilda Qanqa yodgorligidagi arxeologik izlanishlar yodgorlikning oʼrta asrlar davriga oid yuqori madaniy qatlamlarini oʼrganishni vazifasi qoʼyilgan edi. Аrxeologik izlanishlar davomida ekspeditsiya a’zolari tomonidan Qoraxoniylar davriga oid oʼziga toʼq kishining turar-joy xonadoni qoldiqlari ochildi. Turar-joy devorlari fundamentiga 2-4 qatorgacha pishiq gʼishtlar terilib, yuqori qismi sinch uslubida qurilgan. Xonadonning ayrim xonalari, shuningdek, koridor pollari oʼz davri uchun qimmatbaho hisoblangan pishiq gʼishtlar bilan qoplangan. Xonalarning ayrimlariga pishiq gʼishtlardan maxsus yuvinish joylari qilingan.

Olib borilgan tadqiqotlar davomida, shuningdek, mahsulotlar saqlashga moʼljallangan yer ostiga qilingan maxsus xona ham ochib oʼrganildi. Mazkur inshoot qadimda ajdodlarimizning mahsulotlarni saqlash usullari haqida maʼlumot berib, oʼziga xos “muzxona” – muzlatgichlar yaratishganligi haqida maʼlumot beradi. Ushbu yer osti “muzxona”da mahsulotlar saqlangan idishlar bilan birgalikda Qanqa aholisining savdo aloqalaridan dalolat beruvchi chigʼanoqdan yasalgan maxsus idish ham topildi.

 

Tadqiqotlar davomida qayd etilgan topilmalar Qanqa shahri qadimgi Toshkent vohasida joylashgan Buyuk ipak yoʼlidagi yirik markazlardan biri boʼlganligini tasdiqlaydi.