馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etishga bag'ishlangan xalqaro konferensiya


Joriy yil 4-5-avgust kunlari O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etishning dolzarb masalalari” mavzusidagi akademik Ubaydulla Karimov xotirasiga bag始ishlangan XVIII xalqaro konferensiya o始tkazildi.

 

Konferensiya Islom hamkorligi tashkiloti islom tarixi, san始ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA), O始zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorlikda tashkil etildi.

Unda respublikamiz va xorijiy davlatlardan yetakchi soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Konferensiya ishida qo始lyozmalarni ta始mirlash, saqlash, restavratsiya jarayonlari, manba va matnlar tahliliga oid masalalar, Islom madaniyati, tarixi, buyuk allomalarimizning ilmiy merosini o始rganish, Markaziy Osiyo tarixi va tarixshunosligi, me始moriy yodgorliklar tarixi, Sharq xalqlari adabiyotining ommalashuvi va ma始naviy-badiiy qirralari, Sharq tillarining o始ziga xos jihatlari hamda o始zbek tilshunosligidagi tadqiqotlar jarayoni, O始zbekistonning xorijiy Sharq mamlakatlari bilan munosabatlari, yetuk sharqshunos olimlar hayoti va ijodi hamda zamonaviy siyosiy va ijtimoiy masalalarga alohida e始tibor qaratildi.

Konferensiya materiallari asosida “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etishning dolzarb masalalari” “Current Conditions of the Preservat谋on and Research of Ancient Written Sources” nomli to始plam nashr etiladi. To始plamdan 80 ga yaqin maqola o始rin egallaydi.

Konferensiya yakunida faol yosh tadqiqotchilar taqdirlandi.

   


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!