Joriy yil 28-martdan 10-aprelgacha Xiva shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining umumlashgan madaniy meroslar dasturi doirasida “Loy arxitekturasini saqlash” mavzusida seminar-trening o始tkazildi. Xorazm Ma始mun akademiyasi bilan hamkorlikda o始tkazilgan ushbu ilmiy-amaliy seminarda olimlar va tarixiy–me始moriy yodgorliklarni saqlash, ta始mirlash hamda targ始ib qilish bilan shug始ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etishdi.



Tadqiq etilgan devorlar paxsadan IV-III, XI, XX - asrlarda tiklangan. Ushbu devorlar atmosfera ta始siridan himoyalanmagan bo始lib, 2500-3000 yil davomida yomg始ir, shamol, qor va quyosh ta始sirida ochiq holda turibdi. Davomli noqulay ekologik sharoitda devorlar yemirilib, buzila boshlagan. Devorlarning 30-50% i yo始qolib ketgan, ko始pchilik devorlarda yoriqlar paydo bo始lgan.
Xiva shahridagi gil xom ashyodan, xom g始isht va paxsadan bunyod etilgan Deshon Qal始a devorlarini an始anaviy tajribalarga tayanib, badiyligini yo始qotmagan holda ba始zi qismlarini konservatsiya qilish, qayta tiklash hamda to始g始ri ta始mirlash bo始yicha ishtirokchilarning fikr-mulohazalari, takliflari atroflicha o始rganildi.
“Ma始lumki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O始zbekistonda, shu jumladan, Xorazm viloyati, Xiva shahridagi madaniy merosni asrab-avaylash ishlarini rivojlantirish, bu sohaga sarmoyalar kiritish, binobarin turizm sohasining taraqqiyotiga hissa qo始shishni niyat qilgan”, - deydi trening tashkilotchisi, Fransiyaning Grenobol shahridan tashrif buyurgan mutaxassis Sebastyan Moriset.
Demak, Janubiy Orolbo始yidagi har bir tarixiy obidani monitoring qilish, ilmiy o始rganish kun tartibidagi dolzarb vazifalardan bittasidir. 袗yniqsa, ushbu tadqiqot ishlari bugungi kunda ekologik yomon muhitda joylashgan Qoraqolpog始iston va Xorazm tarixiy me始moriy yodgorliklarini saqlashga oid bo始lganligi bois, uning ahamiyati juda kattadir. O始ylaymizki, ushbu ilmiy tadqiqotda keltirilgan paxsadevor obidalari va ularni saqlashga oid bo始lgan tadqiqot natijalari mintaqada turizmni rivojlantirishga doir amaliy ishlarga asos bo始ladi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, respublikamiz tarixiy yodgorliklarni saqlash bo始yicha yangi ilmiy metodik (turli xil gidrofoblik xususiyatini oshiruvchi indikatorlar ishlatiladi) tadbirlarimiz muvaffaqiyatli bajarilsa, Janubiy Orolbo始yidagi dunyo tamaddunida o始z o始rni bo始lgan - 100dan ortiq qal始alarni saqlash va umrini uzaytirish masalalariga yechim topiladi.