Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

"PSR-JAK2 V617F" test to'plami ishlab chiqildi


Miyeloproliferativ kasalliklar (leykoz) qon hujayralarining bir yoki bir nechta tiplarining ko'payishiga olib keladigan gemopoetik ildiz hujayralarining birlamchi buzilishi bilan tavsiflanadigan gematologik kasalliklar guruhidir. Kasallik tromboembolik hodisalar va qon ketishi bilan murakkablashishi mumkin. Eng muhim kasalliklardan bir nechtasi ajralib turadi: politsitemiya, trombotsitemiya, idiopatik miyelofibroz va surunkali miyeloleykoz.

Miyeloproliferativ kasalliklarni tashxislashda eng muhim mezon bu Jak2 genining mutatsiyasidir. Mutatsiya kasalliklarning birlamchi va differentsial tashxisini o'tkazish uchun marker hisoblanadi. JAK2 gen mutatsiyasini aniqlash surunkali miyeloproliferativ kasalliklarning rivojlanishiga moyillik borligini ochib beradi. Shuningdek, JAK2 genidagi mutatsiyalarni aniqlash miyeloblast leykozi tashxisi quyilgan bemorlarga tavsiya etiladi.

Muammoning dolzarbligi va mavjud ilmiy tajribadan kelib chiqqan holda O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi instituti molekulyar genetika laboratoriyasi xodimlari tomonidan tanlab olingan va sintezlangan praymerlar (ushbu mutatsiyani aniqlaydigan DNK molekulalari) asosida mahalliy «PTsR-JAK2 V617F» PZR test sistemasi ishlab chiqildi. Ushbu to'plam O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligida klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o'tdi va ro'yxatga olindi.

Mana shu asosda, O'zbekistonda yuqori texnologiyali, import o'rnini bosadigan mahalliy mahsulot yaratildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!