O始zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti hamda Qozog始iston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi Polimer materiallari instituti hamkorlikda "Polimerlar fanining zamonaviy muammolari" O始zbekiston- Qozog始iston onlayn Simpoziumi o始tkazildi.

Ushbu ilmiy simpoziumda polimerlar sohasidagi akademiklar, yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Simpozium ishida O'zbekistonda polimer sanoatining rivojlanishi, polimerlar sintezi va xususiyatlari, kompozit polimer materialshunoslik sohasida ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, metall polimerlarning hozirgi holati va istiqbollari, ushbu sohada yangi innovatsion yondashuvlarni qo’llash kabi masalalar muhokama qilindi va o’zaro fikr almashildi.

Simpozium ilm-fan, ta始lim yo始nalishida va tadkikot natijalarini tijoratlashtirish sohasida ikki qardosh davlat olimlarining yanada yaqin hamda o始zaro manfaatli va samarali hamkorligini ta始minlash bo始yicha tizimli yondashuvlarni shakllantirishga imkon beradi.
