O始zR F袗 Navoiy bo始limi “Kimyo texnologiyasi, nanotexnologiyalar va qishloq xo始jaligi” bo始linmasi mudiri M.Usmonov rahbarligida bentonit gillaridan foydalanib kapsulalangan chigit urug始larini ishlab chiqarish va paxtachilikda joriy qilish loyihasi asosida chigitni kapsula qilib ekish bo始yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida ijobiy natijalarga erishildi.
Chigitni bentonit kukuni bilan kapsula qilib ekishning unib chiqishga ta始sirini aniqlash maqsadida issiqxona sharoitida tajribalar olib borildi.

Ma始danli gil bilan kapsula qilingan va kapsula qilinmagan chigitdan ekilgan g始o始zaning unuvchanligi
Tajribada chigit 2019-yil 19-fevral muddatda issiqxona sharoitida 20 litr hajmdagi tuvaklarda, har bir tuvakda 4 donadan, jami 48 dona unuvchan urug始 ekildi. Unib chiqgunga qadar harorat 8ºC dan 18ºC oralig始ida bo始ldi.

Ma始danli gil bilan kapsula qilingan va kapsula qilinmagan chigitdan ekilgan g始o始zaning rivojlanishidagi farqi
Unib chiqish 27-fevraldan boshlanib, nazorat sifatida ekilganda 1 donani tashkil etgan bo始lsa, ma始danli gil bilan kapsula qilib ekilganda esa 4 donani tashkil etdi.
1-mart sanasiga kelib nazorat sifatida ekilganda unib chiqqan o始simliklar soni 7 donani, tajriba sifatida ekilganda esa 17 donani, bu esa mutanosib ravishda 14 va 35,4 foizni tashkil etdi.
Unib chiqish tezligi nazorat sifatida ekilganda 7 kunni tashkil qilgan bo始lsa, ma始danli gil bilan kapsula qilib ekilganda esa ushbu ko始rsatkich 3 kunni tashkil qildi.
Nazorat sifatida ekilganda jami 46 dona, ya始ni, 95,8%, ma始danli gil bilan kapsula qilib ekilganda 48 dona, ya始ni, 100% urug始 unib chiqganligi kuzatildi. Tajriba sinov sifatida ekilgan dala maydonlaridagi hosildorlik sezilarli darajada yuqori bo始ldi.
