馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Paxtachilikda energo va resurstejamkor qurilma


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari “BMKB-袗gromash” 袗J mutaxasislari bilan hamkorlikda universal ramaga ega bo始lgan keng qamrovli paxtachilik kultivator-o始g始itlagichini ishlab chiqishdi.

 

Yon ramalari ixcham yig始iladigan, qator oralari (60,76, 90sm) o始zgaruvchan kultivator-o始g始itlagich 150-200 ot kuchiga ega bo始lgan traktorlarning FIK (foydali ish koeffitsenti) dan to始la foydalanishni ta始minlaydi.

Mazkur mashinotraktor agregati ish hajmini saqlab qolgan holda ularning umumiy sonini hamda qatorlar orasidan o始tishlar sonini 50% gacha qisqartiradi. Energo va resurstejamkor bo始lgan ushbu ishlanma O始zbekiston sharoitidagi kengligi 4 metr bo始lgan umumiy va dala yo始llarida ham bemalol harakatlana oladi.

Yuqori ot kuchiga ega bo始lgan zamonaviy traktorlar bilan agregatlanadigan ushbu ishlanmani barcha klaster va fermer xo始jaliklarida ishlatib yuqori samaradorlikka erishishi mumkun.

Ramaga mahkamlangan yon sektsiyalarni ishchi holatga yoki ishchi holatdan transport holatiga o始tkazish gidrotsilindrlar yordamida oson amalga oshiriladi. Miqdori 50 kgdan 300 kggacha bo始lgan turli markadagi mineral o始g始itlarni bir gektar yerga me始yor bo始yicha bir xilda taqsimlaydi. Ishchi sektsiyalar orasidagi masofani o始zgartirishni mexanizatorning bitta o始zi bemalol amalga oshirishi mumkun.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!