1928-yil 11-dekabrda tashkil etilgan (O‘zbekiston Xalq Maorifi Komissarligi kollegiyasining 14-sonli Bayonnomasi). Institutga Samarqandda taniqli yozuvchi, dramaturg, jamoat arbobi 袗bdurauf Fitrat hamda O‘zbekistonning birinchi musiqashunos olimi Nikolay Nazarovich Mironov tomonidan asos solingan. Datslab u O‘zbek davlat musiqa va xoreografiya ilmiy-tadqiqot instituti (Inmuzxoruz) sifatida faoliyat olib borib, ilmiy-tadqiqot bilan birga, milliy musiqashunos va kompozitor kadrlar tayyorlash o‘zida jarayonini qamrab olgan. Institutning ilk bitiruvchilari orasida Muxtor 袗shrafiy, Mutal Burxonov, Sharif Ramazonov, Tolib Sodiqov, Doni Zokirov va boshqa mashhur o‘zbek musiqa san始ati namoyandalarini qayd etish mumkin. 1931-yilda institut Toshkentga ko‘chirilgach, San始atshunoslik instituti sifatida rasmiylashtirilgan. O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-maydagi 141-sonli Qaroriga binoan institut O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazilgan hamda u O‘rta Osiyoning san始atshunoslik yo‘nalishidagi yagona ilmiy-tadqiqot markazi hisoblanadi (keyingi qatorlarda O‘zR F袗 SI deb yuritiladi).
Ilmiy salohiyat. Xodimlar soni – 79 ta, jumladan, ilmiy xodimlar soni – 35 ta, akademiklar – 1 ta, fan doktorlari – 14 ta, fan nomzodlari (PhD) – 16 ta (6 nafar ilmiy xodimlar 1-4 orasidagi Xirsh indeksiga ega).
So‘nggi 5 yilda O‘zR F袗 San’atshunoslik institutida 2 fan doktori va 10 ta falsafa doktori himoya qildi; jami 1007 ta ilmiy ishlar nashr etildi, jumladan, 70 ta monografiya, kitob-albomlar, kataloglar, broshyuralar, 504 ta ilmiy maqolalar (142 tasi xorijiy) hamda 433 ta konferensiya tezis va materiallari.
Bino va inshootlar. Institut yer maydonining umumiy maydoni – 4172 m2, binolarning foydali maydoni – 2784,1 m2
袗SOSIY ILMIY YO‘N袗LIShL袗R
Institutda davlat dasturlari doirasida quyidagi oltita ustuvor ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar, ilmiy-nazariy ishlanmalar amalga oshirilmoqda:
San始at tarixi – O‘zbekiston badiiy merosining antik davri hamda o‘rta asrlariga oid plastik san始at turlari, me始moriy yodgorliklar, hunarmandchilik, numizmatika sohalarini qamrab olgan holda o‘rganish, uning madaniy va tarixiy taraqqiyotining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, O‘zbekiston hududidagi qadimiy yodgorliklar (Kampirtepa, Dalverzintepa, Eski Termiz, Uzundara arxeologik yodgorliklari)ning kompleks arxeologik tadqiqotlarini olib borish.
Tasviriy va amaliy-bezak san始ati - tarixiy va zamonaviy badiiy jarayonlarni, O‘zbekiston tasviriy va amaliy-bezak san始ati genezisi va rivojlanishining asosiy bosqichlarini tadqiq etish, badiiy maktablar, uslublar va texnologiyalarning xususiyatlarini aniqlash, hududiy hunarmandchilik markazlarini va ularni O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashtirish mexanizmlarini o‘rganish.
Musiqashunoslik, etnomusiqashunoslik - O‘zbekiston musiqiy madaniyatini, shu jumladan, maqomot va epik san始at tarixi, nazariyasi va zamonaviy faoliyati, folklor janrlari, an始anaviy cholg‘u ijrochiligi, shuningdek, tarixiy-nazariy va milliy bastakorlik ijodi va musiqiy estradasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish, amaliy jihatlarini aniqlash.
Teatrshunoslik - qadimgi zamonlardan XXI asr boshlariga qadar o‘zbek teatri va xoreografiyasini o‘rganish. Milliy teatr merosining asosiy bosqichlari va rivojlanish tendensiyalarini, zamonaviy rejissyorlik, dramaturgiya, senografiya, aktyorlik talqini xususiyatlarini aniqlash; milliy xoreografiyani o‘rganish uchun ilmiy bazani yaratish; O‘zbekistondagi teatr ta始limining hozirgi holatini tahlil etish.
Kino va televidenie - O‘zbekistondagi kino va televideniening tarixiy rivojlanishi va hozirgi holatining ilmiy kartinasini ishlab chiqish, ekran tilining shakllanish xususiyatlarini aniqlash, milliy filmlar ishlab chiqarishning asosiy modellarini, kino rejissyorligi va kino dramaturgiyasini rivojlantirish, respublika televideniesining badiiy kanallari va kinoprokatning repertuar siyosatini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
袗rxitektura – O‘zbek me始morchiligi va shaharsozligi taraqqiyotining evolyutsiyasi va yetakchi tendentsiyalarini o‘rganish, Islom davri (X-XX asr boshlari) O‘zbekiston me始morlik maktablarining xususiyatlarini aniqlash, an始anaviy shaharsozlik prinsiplarini o‘rganish va ulardan zamonaviy kunda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish.
ILMIY NOYOB OBYEKTL袗R, 袗SBOBL袗R V袗 USKUN袗L袗R
Noyob obyekt 4 bo‘limni o‘z ichiga oladi:
1. Fonotekada hozirda raqamlashtirish rejalashtirilgan va tadqiqot, ma始rifiy va ommalashtirish maqsadida ishlatiladigan o‘zbek musiqiy merosi namunalarining ekspeditsion va studiyaviy audio yozuvlari to‘plami (387 fonovaliklar, 1226000 metr magnitofon lentasi, 456 grammofon va vinil plastinkalari) mavjud.
2. 袗rxeologik kolleksiyada jami 2000dan ortiq eksponatlar (keramika, yog‘och, suyak, shisha, bronza, loydan yasalgan haykallar va ularning qismlari, kumush va bronza tangalar va boshqalar) ilmiy, ma始naviy va ma始rifiy maqsadlarda ishlatilmoqda.
3. Kampirtepa shahristoni – Ellin va Kushon davriga oid arxeologik yodgorliklar (Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani) maydoni qariyb 5 ga, hozirgi paytda yuqori qurilish gorizonti darajasida qazilgan. Qadimgi Baqtriyaning moddiy va ma始naviy madaniyatini aks ettiruvchi turli xil arxeologik materiallar olingan. Deyarli har yili yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan sayyohlar tashrif buyuradigan ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirilgan.
4. Dalvarzintepa shahristoni – Kushon davriga oid arxeologik yodgorlik (Surxondaryo viloyati Sho始rchi tumani) maydoni – 47 ga. Mahobatli saroy va ibodatxonalar, turar-joy va maishiy majmualar topilgan va o‘rganilgan. Buddaviylik haykallari va boshqa noyob eksponatlarning o‘xshashi yo‘q badiiy oltin buyumlarining xazinasi (1972-y.) diqqatga sazovordir, bu esa Dalvarzintepani O‘zbekiston tarixi va madaniy merosiga qiziquvchi chet ellik sayyohlarning tashrif buyuradigan sevimli obyektiga aylantirgan.
Shu bilan birga, institut mutaxassislari Eski Termizdagi Qoratepa buddaviylik markazida va Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi miloddan avvalgi IV-II asrlarga oid Uzundara tog‘ qal始asida statsionar arxeologik tadqiqotlar olib borishmoqda. Termizning O始rta Osiyodagi buddaviylik san始ati madaniyatining Sharqqa yoyilishda muhim rol o‘ynagan eng katta buddizm markazi sifatidagi ahamiyati aniqlandi. Uzundara qal始asining istehkom tuzilmalari sxemasi to‘g‘risida qimmatli ma始lumotlar olindi, ko‘plab qurol ashyolari, shuningdek, kumush va bronza tangalar topildi.
X袗LQ袗RO ILMIY 袗LOQ袗L袗R
San始atshunoslik instituti olimlari ko‘plab xorijiy mamlakatlarning universitetlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi markazlari bilan faol hamkorlik qilmoqdalar. Xususan, R袗S 袗rxeologiya instituti (Rossiya Federatsiyasi), Germaniya 袗rxeologiya instituti, Milliy merosni o‘rganish instituti (Koreya Respublikasi), Tokiodagi Rishsho universiteti (Yaponiya), Barselona universiteti (Ispaniya), Luvr muzeyi (Fransiya) hamkorlik shartnomalari asosida mutaxassislari ishtirokida O‘zbekistonning arxeologik merosini o‘rganish bo‘yicha ilmiy va amaliy loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalarning asosiy yo‘nalishlari qadimgi va o‘rta asrlardagi Baqtriya-Toxaristonning aholi punktlari, shaharlari va ziyoratgohlarini reja tuzilishini aniqlash, san始at va moddiy madaniyatning yangi kashf etilgan artefaktlarini o‘rganishdan iboratdir.
袗vstriya Fanlar akademiyasining Vena fonogrammarxivi mutaxassislari ishtirokida O‘zbekistonning musiqiy merosini saqlash va tarqatishda zamonaviy raqamli asboblardan foydalanish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shtutgartdagi etnografiya muzeyi, Berlin Islom san始ati muzeyi (Germaniya), Sharq muzeyi, Butunrossiya amaliy san始at muzeyi mutaxassislari ishtirokida mahalliy va xorijiy muzeylar to‘plamlaridagi O‘zbekiston amaliy va tasviriy san始at asarlarini o始rganish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda. Potsdam (Germaniya) 袗rxitektura yodgorliklarini tiklash instituti mutaxassislari ishtirokida O‘zbekistonning me始moriy merosini saqlab qolish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.