Qadimgi Davan davlatining poytaxti sifatida qad ko始targan Eski 袗xsi shahri- 袗xsikent yodgorligi bugungi kunda YuNESKOning butun jahon madaniy merosi obyekti sanaladi. 2018-yil Davlatimiz Rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 袗xsikent yodgorligining bitta obyektida “Ochiq osmon ostida muzey” tashkil etildi.
Bu yerda dastlabki qazish ishlari XIX asrdan boshlangan. Dastlab N.Veselovskiy, 1913-yilda I. Kastane tomonidan o始rganilgan. 1939-yilda M.E. Masson tomonidan kuzatuv-qidiruv ishlari olib borilgan. 1950-yil oxiridan boshlab esa O始zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Yahyo G始ulomov boshchiligida arxeologik qazuv ishlari olib borildi.
1979-yilda 袗.袗norboyev rahbarligida Farg始ona arxeologik ekspeditsiyasi tashkil etildi va ko始p yillar davomida I.袗hrorov va 袗.袗norboyevlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Shahristonning quyi qatlamlari e.o.III-II asrlarga borib taqalishi ma始lum bo始ldi.
Tadqiqotlar jarayonida 袗xsikentga Kosonsoydan pishiq g始ishtdan tunel usulida qurilgan irrigatsion inshoot orqali ichimlik suvining keltirilgani 1970 – 1980 yillarda I.袗hrorov, 袗.Muhammadjonovlar qazishmalari orqali aniqlandi.
Bu yodgorlikda bugungi kunda uzoq yillar davomida tadqiqotlar olib borayotgan olim, tarix fanlari doktori 袗.袗norboyev tomonidan qadimiy 袗xsi shahri, uning qadimgi Farg始onaning poytaxti sifatidagi o始rni, hunarmandchiligiga doir juda noyob va qiziqarli artefaktlar qo始lga kiritildi.

M.avv. IX-X asrlarda hozirgi 袗xsikent yodgorligining o始rni va uning atrofida yuzlab gektar yerlar o始zlashtirilib, dehqonchilik qilinganligi olim tomonidan aniqlandi.
袗xsikentda VIII asrning oxirlarida sirli sopol va shisha idishlar ishlab chiqarish yo始lga qo始yilganligi, sirli sopol idishlarga arab tilida kufi va kursiv yozuvlarida bitilgan har xil aforizmlar va hadislardan olingan yozuvlar tushirilganligi qazuv ishlari orqali ochib berildi.

Yodgorlikni bugungi kunda ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirishda olimning xizmatlari katta. Shahar obodonchiligiga doir masalalar ham olimning tadqiqotlarida alohida o始rin egallagan. Tadqiqotlar davomida qadimgi Farg始onada IX-XII asrlarda hammomlar qurilgani va uning o始ziga xos qurilish uslubi bo始lganligini ko始rsatuvchi materiallar qo始lga kiritilgan.
袗xsikent 袗.袗norboyev tadqiqotlariga ko始ra dastlab ikki qismdan: ark va shahristondan iborat bo始lgan, eradan oldingi II asrda esa 10 ga dan iborat rabod vujudga kelganligi, ilk o始rta asrlarga kelib esa shaharning kengayishi kuzatiladi va uning maydoni 60-70 ga2 ga yetishi, IX-XII asrlarda esa 400 ga dan oshganligi ma始lum bo始ldi. Olim tadqiqotlarida 袗xsiketning moddiy madaniyati tarixiga doir qiziqarli ma始lumotlar qo始lga kiritildi. 袗xsikentliklarning yuqori sifatli po始latni kashf etganliklari arxeologik tadqiqotlar orqali isbotlab berildi. Farg始ona ekspeditsiyasi tadqiqotlari natijasida “Damashq qilichlari” ni yasalish tarixiga oydinlik kiritildi.

Kulolchilik mahsulotlarining o始ziga xos yasalish texnikasi va texnologiyasi o始rganildi. 袗xsikent kulollarining nozik did bilan ishlangan, sirlangan kulolchilik mahsulotlari qo始lga kiritildi. Hunarmandchilik mahsulotlariga oid sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, temir bumlar, tanga pullarning topilishi bu yerda iqtisodiy madaniy hayot ravnaq topganidan darak beradi.
Bugungi kunda ushbu yodgorlik O始zbekistonning muhim turistik obyektlaridan biriga aylandi.