馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekistonning eng yangi tarixi masalalariga bag始ishlangan matbuot anjumani


Bugun, 22-dekabr kuni Milliy matbuot markazida O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O始zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo始yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi mas始ullari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda so始nggi yillarda O始zbekistonning eng so始nggi tarixini o始rganish masalalari bo始yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma始lumot berildi.

 

“Markaz jamoasi uncha katta bo始lmasada, ilmiy tashkilotlarning 2020-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari reytingiga ko始ra jami 105 ta ilmiy tashkilotlarning 27 yo始nalishi bo始yicha 75 ta ko始rsatkichdan 67 o始rinni egalladi” – deydi Markaz direktori o`rinbosari Feruza O`sarova.

 

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O始zbekistonning eng yangi tarixi bo始yicha Jamoatchilik kengashi a始zolari, Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Markaz hamda oliy ta始lim tizimida faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar tomonidan ikki kitobdan iborat “O始zbekiston tarixi (1917–1991 yillar)” fundamental tadqiqoti 2019-yilda chop etildi. Fanlararo yondashuv asosida rus tilida 2018-yili “O始zbekistonning eng yangi tarixi” darsligi yaratildi. Ushbu darslik MDH mamlakatlarida eng yangi tarix bo始yicha dastlabki darsliklardan biri bo始lib, 2020-yilda qayta ishlangan va to始ldirilgan 2-nashri ham chop etildi.

Markaz tomonidan tayyorlangan “袗rxivshunoslik” darsligi, “Muzeyshunoslik”, “Harakatlar strategiyasini “case-study” interaktiv uslubida o始rganish” kabi o始quv qo始llanmalar chop qilindi. Mazkur adabiyotlar tayyorlanishida turli OTMdagi o始qituvchilar, ITMdagi olimlar va bevosita amaliyotda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar muallif sifatida jalb qilinganligi bilan ham e始tiborlidir. Shuningdek, o始rta ta始lim maktablarining 11-sinf va o始rta-maxsus, kasb-hunar ta始limi muassasalari o始quvchilari uchun “O始zbekiston tarixi (Mustaqillik davri)” darsligi chop etildi.

 “O始zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari” jurnali nashr etilmoqda. 2020 yilda Markaz tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tayyorlangan “O始zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan g始alabaga qo始shgan hissasi” nomli kitob-albom o始zbek, rus va ingliz tillarida (Toshkent: O始zbekiston, 2020. – 320 b.) chop etildi. 2021-yilda vazirliklar va muassasalar bilan birgalikda" O始zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida" nomli kitob-albom tayyorladi. Mazkur kitob-al褜bom o始zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan. ( Toshkent : O始zbekiston, 2021. – 278 bilan. )

So始nggi 5 yilda Markaz ilmiy xodimlari tomonidan 67 maqola (25 tasi xorijda) va 133 ta tezis (ulardan 31 tasi xorijda), 28 ta monografiya, darslik, o始quv qo始llanmalar nashr etilgan. Shuningdek, Markazda chop etilgan 1 ta darslik va 2 ta o始quv qo始llanmaga 3 ta mualliflik guvohnomalari olingan.

Xalqaro ilmiy aloqalar faollashmoqda, 2017–2021-yillar davomida Germaniya, Rossiya, Belarus Respublikasi ilmiy tadqiqot hamda jamoat muassassalari bilan hamkorlik to始g始risida memorandumlar, shartnomalar imzolandi. Hamkorlik doirasida xalqaro davra suhbatlari, konferensiyalar, seminarlar o始tkazilmoqda, qo始shma nashr ishlari tayyorlanmoqda.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar o始zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!