Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O’zbekistonda yadro fizikasi sohasi rivoji


Katta adron kollayderdagi fizik tadqiqotlarga bagʻishlangan anjumanning ikkinchi kunida yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasi sohasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.

12-15 sentyabr kunlari oʻtkaziladigan konferensiyaning maqsadi elementar zarralar fizikasi va yadroviy texnologiyalar sohasidagi zamonaviy tendensiyalar va yutuqlar bilan tanishish, katta adron kollayderi kompakt myuon solinoidli detektorida olib borilayotgan eksperimentlarva olingan yangi fizik natijalar muhokamasi, turli mamlakatlar yetakchi olimlari va mutaxassislari bilan hamkorlikni kengaytirish,Oʻzbekiston olimlarini yirik ilmiy loyihalarga keng jalb etish, turli mamlakatlar yetakchi olimlari bilan fanning dolzarb muammolarini muhokama qilish, oʻzaro manfaatli hamkorlik boʻyicha ilmiy-texnik masalalarni aniqlash.

Taʼkidlash kerakki, Katta adron kollayderi, elementar zarralar bilan bogʻliq masalalarning xalqaro miqyosda, aynan Oʻzbekistonda, mamlakatimiz olimlari ishtirokida muhokama qilinayotgani yurtimiz Fanlar akademiyasi, Yadro fizika instituti tadqiqotchilarining ulkan yutugʻi hisoblanadi, mamlakatimizda yadro fizikasi sohasini jadal rivojlanayotganidan darak beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!