Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Oʻzbekistonda oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlariga radiatsiyaviy ishlov berish” mavzusida seminar oʻtkazilmoqda


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Oʻzbekistonda oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlariga radiatsiyaviy ishlovberish mavzusida Xalqaro atom energetikasi agentligi hamda xalqaro yetakchi ekspertlar ishtirokida seminar oʻtkazilmoqda.

Ushbu seminarni oʻtkazishdan asosiy maqsad Respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi, meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya, tashkilotlarni bu mahsulotlarga ishlov berish boʻyicha mavjud va yangi uslublar bilan tanishtirish, shuningdek, bu sohada mutaxassislar tajribasini oʻrganishdaniboratdir.

Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida 90 ga yaqin oziq-ovqat turiga radiatsiyaviy ishlov berish boʻyicha mavjud tajribalar misolida bu uslubni Oʻzbekistonda tadbiq qilish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berish moʻljallangan. Ushbu maʼlumotlar Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi sohasi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchunRespublikamizda radiatsiyaviy ishlov berishni tashkil qilish orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini orttirishga olib keladi.

Seminarda mahsulotlarga radiatsiyaviy ishlov berish boʻyicha yetakchi mamlakatlar tajribasi haqida maʼruzalar qilish uchun Xalqaro atom energetikasi agentligining oziq-ovqatlarga radiatsiyaviy ishlov berish boʻyicha mutaxassisi Carl Michael BLACKBURN, ekspert - Microtrol Sterilisation Services Pvt. Ltd. kompaniyasi mutaxassisi Vikram Baldev KALIA (Xindiston) hamda Yadro ximiyasi va texnologiyalari institutining (Polsha) radiatsiyaviy texnologiyalar sohasi mutaxassisi, ekspert Urszula GRYCZKAlar ishtirok etishmoqda.

Seminar joriy yilning 22-noyabriga qadar davom etadi.

 

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!