馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekistonda birinchi marta "Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik Konsortsiumi taqdimoti o始tkazildi


2021-yil 20-may kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida "Yangi materiallar va geliotexnologiyalar" mavzusida Xalqaro ilmiy konferensiyasini o始z ishini boshladi.

 

Konferensiyaning maqsadi yangi materiallar, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish, takomillashtirish va ulardan foydalanish masalalarini tahlil qilish, muhokama etish va ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Konferensiya ishida xususiyatlari oldindan belgilangan ko始p funksional materiallarni yaratish, ushbu materiallardan mahsulot ishlab chiqarishning ilg始or texnologiyalari, shuningdek, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan amaliy foydalanish masalalariga bag始ishlangan AQSh, Germaniya, Frantsiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belorussiya va O始zbekiston olimlarining ilmiy ma始ruzalari tinglanmoqda.

Konferensiya doirasida O始zbekistonda birinchi marta tashkil etilayotgan "Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik Konsortsiumining taqdimoti o始tkazildi va uning asosiy maqsadi vodorod energetikasi texnologiyalari, karbon tolalarini olish usullari, o始ta o始tkazuvchan materiallar va xususiyatlari oldindan belgilangan materiallar sohasida ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish, sinash, sanoat-tajriba sinovlarini o始tkazish bo始yicha hamkorlikdagi mega-loyihalarni amalga oshirishdir.

Konsortsium Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va "O始zkimyosanoat" AJ tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Materialshunoslik instituti, Yadro fizikasi instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda Fizika-texnika institutlari, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Ilg始or texnologiyalar markazi, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti Konsortsium ishtirokchilaridir. Shu bilan birga, Konsortsium tarkibiga kirish uchun qiziqqan boshqa ilmiy markazlar ham taklif etiladi.

Shuningdek, taqdimot doirasida ishtirokchilar uchun Institut bo'ylab press-tur ham tashkil etildi hamda olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishtirildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!