馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekistonda birinchi marta tashkil etilayotgan 鈥淵ashil texnologiyalar vodiysi鈥漡a bag始ishlangan matbuot anjumani


Bugun, 29-iyun kuni Milliy matbuot markazida Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O始zkimyosanoat” 袗J mutasaddidlari ishtirokida “Yashil texnologiyalar vodiysi” birinchi ilmiy-texnologik konsortsiumi: maqsad, vazifalar va istiqbollar” matbuot anjumani o始tkazildi.

 

Unda “Yashil texnologiyalar vodiysi”ning maqsadi, vazifalari, undan kutilayotgan natijalar haqida ma始lumot berildi. Bu loyiha O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,     “O始zkimyosanoat” 袗J hamda Drezden texnika universiteti (Germaniya) hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Konsortsiumning maqsadi vodorod energetikasi texnologiyalari, karbon (uglerod) tolasini ishlab chiqarish texnologiyasi, texnogen chiqindilardan qora va rangli metallar ajratib olish texnologiyalari, xususiyatlari oldindan belgilangan materiallar yaratish, yangi tur yengil va mustahkam materiallarni ishlab chiqish, sinash va tajriba-sanoat darajasida joriy etish bo始yicha mega-loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

O始zR F袗 Materialshunoslik institutining noyob ilmiy obyekti “Katta quyosh qurilmasi” bazasida, shu qatorda, chet ellik ilmiy markazlarni ham jalb qilgan holda bir qator innovatsion va amaliy izlanishlar amalga oshiriladi. Masalan, Qurilmada mujassamlashgan Quyosh nurlari yordamida qizitish hisobiga fotokatalitik usul bilan bevosita suvdan vodorod olish jarayonlari bo始yicha izlanishlar olib borilgan. Mujassamlashgan Quyosh nurlaridan foydalanish, yuqori qiymatga ega energiya sarfisiz, suvni parchalashga kerak bo始ladigan yuqori haroratlarga (1500 芯小 dan yuqori) erishish imkonini beradi.

Vodorodni Quyosh nurlari yordamida ishlab chiqarish yorug始lik yutuvchilar va katalizatorlarning turli xil birikmalaridan foydalanish tufayli ancha samarali jarayon bo始lishi mumkin, kimyoviy birikmaning samaradorligini ikki baravar oshirgan holda nurni yutib va suv molekulalarini parchalab vodorod yoqilg始isini ishlab chiqarishni ta始minlaydi.

Hozirgi vaqtda, mujassamlashgan Quyosh nuri hisobiga vodorod ishlab chiqarish bo始yicha mega-loyihani amalga oshirish masalasi Darmshtadt universiteti (Germaniya), Kyushi universiteti (Yaponiya), Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH), RF袗 Silikatlar kimyosi institutlari (Rossiya) bilan muhokama qilinmoqda.

Matbuot anjumanida loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy izlanishlar to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!