Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan O始zbekiston xalq shoiri, nosir, mohir tarjimon 袗sqad Muxtor tavalludining 100 yilligi munosabati bilan "Asqad Muxtor ijodining ma'naviy - ma'rifiy ahamiyati" mavzusida onlayn anjuman o始tkazildi. Unda Institut xodimlari, akademiklar va yetakchi olimlar, yozuvchilar ishtirok etdi.

袗njumanga taqdim etilgan ma始ruzalarning mavzulari rang-barang bo始lib, ularda 袗sqad Muxtor ijodining turli qirralari, serqirra ijodining bugungi o始zbek adabiyotida tutgan o始rni, davr muammolarining 袗sqad Muxtor ijodida aks etishi, shoir she始riyati hamda nasridagi falsafaviylik, qolaversa, tabiat, do始stlik, sevgi va sadoqat, xalqlar do始stligi mavzulari muhokama qilindi.

Asqad Muxtorning “Po始lat quyuvchi” dostoni, “Hamshaharlarim” she始riy to始plami , “Po始lat shahri” ocherk va hikoyalar to始plami, shuningdek, “Opa-singillar” romanilarida ishchilar sinfi, respublikada ishchilar sinfining shakllanishi, o始zbek ayolining ma始nan uyg始onishiga bag始ishlangan. “Tug始ilish” romanida esa yoshlarning yirik qurilishlardan biridagi ishtiroki haqida hikoya qilinadi. “Davr mening taqdirimda” – iqror-roman bo始lib, unda yaratuvchi inson va kurashchi zamondosh timsoli gavdalanadi. “Qoraqalpoq qissasi” hamda “Mangulikka dahldor” dostonlarida 袗sqad Muxtor tarixiy-inqilobiy mavzularga yuzlanadi, qahramonlik fe始l-atvor shakllanishini ko始rsatadi.
Bundan tashqari, u bir qator adabiy-tanqidiy asarlar muallifi hamda mohir tarjimon bo’lgan.