Oʼzbekiston xalq shoiri, nosir, mohir tarjimon Аsqad Muxtor

Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan Oʼzbekiston xalq shoiri, nosir, mohir tarjimon Аsqad Muxtor tavalludining 100 yilligi munosabati bilan "Asqad Muxtor ijodining ma'naviy - ma'rifiy ahamiyati" mavzusida onlayn anjuman oʼtkazildi. Unda Institut xodimlari, akademiklar va yetakchi olimlar, yozuvchilar ishtirok etdi.

Аnjumanga taqdim etilgan maʼruzalarning mavzulari rang-barang boʼlib, ularda Аsqad Muxtor ijodining turli qirralari, serqirra ijodining bugungi oʼzbek adabiyotida tutgan oʼrni, davr muammolarining Аsqad Muxtor ijodida aks etishi, shoir sheʼriyati hamda nasridagi falsafaviylik, qolaversa, tabiat, doʼstlik, sevgi va sadoqat, xalqlar doʼstligi mavzulari muhokama qilindi.

  

Asqad Muxtorning “Poʼlat quyuvchi” dostoni, “Hamshaharlarim” sheʼriy toʼplami , “Poʼlat shahri” ocherk va hikoyalar toʼplami, shuningdek, “Opa-singillar” romanilarida ishchilar sinfi, respublikada ishchilar sinfining shakllanishi, oʼzbek ayolining maʼnan uygʼonishiga bagʼishlangan. “Tugʼilish” romanida esa yoshlarning yirik qurilishlardan biridagi ishtiroki haqida hikoya qilinadi. “Davr mening taqdirimda” – iqror-roman boʼlib, unda yaratuvchi inson va kurashchi zamondosh timsoli gavdalanadi. “Qoraqalpoq qissasi” hamda “Mangulikka dahldor” dostonlarida Аsqad Muxtor tarixiy-inqilobiy mavzularga yuzlanadi, qahramonlik feʼl-atvor shakllanishini koʼrsatadi.

Bundan tashqari, u bir qator adabiy-tanqidiy asarlar muallifi hamda mohir tarjimon bo’lgan.