袗lisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov Tojikiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi, akademik 袗bdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashdi.


Uchrashuvda Tojikiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi, akademik 袗bdujabbor Rahmonzoda O始zbekiston va Tojikiston ilmiy aloqalari uzoq asrlarga borib taqalishi, ayniqsa, 袗lisher Navoiy va 袗bdurahmon Jomiyning adabiy hamkorligi, ustoz-shogird munosabatlari, ilmiy masladkoshligi bu borada o始rnak bo始lishini alohida ta始kidladi.
O始z navbatida, Fond ijrochi direktori Olimjon Davlatov ilm-fan tarixida birinchi navoiyshunos 袗bdurahmon Jomiy bo始lsa, birinchi jomiyshunos 袗lisher Navoiy ekanligi va bu an始ana bugungi kunga qadar davom etib kelayotgani haqida gapirdi.
Uchrashuv davomida 袗lisher Navoiyning Tojikistonda saqlanayotgan qo始lyozma asarlari nusxalarini O始zbekistonga olib kelish, shuningdek, Navoiyning “Xamsa”sini tojik tarjima qilish va nashr etish, o始zbek va tojik olimlari ishtirokida konferentsiya o始tkazish masalalari muhokoma qilindi.