Shveysariyaning MDH mintaqasi-2020 mamlakatlari bilan grantlar uchun "Call for Seed Funding Grants with countries of the CIS Region 2020" tanlovi natijalari e’lon qilindi. Mazkur tanlov MDH mintaqasi bilan Shveysariyaning ilmiy-texnikaviy hamkorlik markazi hisoblangan Jeneva Universiteti tashabbusi bilan o'tkazildi.
Tanlovga Shveysariyaning 16 ta muassasalaridan 7 ta davlat bilan hamkorlikda turli xil ilimiy yonalishlarda jami 31 ta loyiha taqdim etildi. Tanlov shartlariga muvofiq ushbu loyihalarning faqat uchdan bir qismi moliyalashtiriladi. Loyihalarning yakuniy tanlovi bir nechta ilmiy mezonlarga asoslanadi.
Qo'mita a’zolarining muhokamalaridan so’ng Shveysariyaning Qor ko'chkilarini tadqiq qilish instituti (WSL Institute for Snow and Avalanche Research SLF) va O’zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, O'zgidrometrologiya xizmati hamda Geologiya va geofizika instituti mutaxassislarini jalb qilgan holda ishlab chiqqan "Turli vaqtdagi radiolokatsion sun'iy yo'ldosh ma'lumotlari va raqamli modellashtirish yordamida O'zbekistonda qor ko'chkisi xavfini baholash" loyihasi ma'qullandi. Loyiha 2 yilga mo'ljallangan.