2018-yilda Qurama tizmasiga uyushtirilgan dala tadqiqotlarida terilgan gerbariy namunasi ustida olib borilgan morfologik hamda molekulyar tahlillar natijasi orqali fan uchun yangi tur ekanligi xulosa qilindi. Bu ilmiy yangilik haqidagi maqola nufuzli Phytotaxa jurnalida chop qilindi (https://www.biotaxa.org/Phytotaxa/article/view/phytotaxa.579.3.2).
Bu yangi tur Jo'yakmeva (Aulacospermum) turkumi Ziradoshlar (Apiaceae) oilasiga mansub bo'lib, morfologik xususiyatiga ko'ra, ya'ni poyasi turkumning qolgan turlariga nisbatan ko'p shoxlanganligi uchun Aulacospermum multicaule Pimenov & Tojibaev deb nomlanildi.
A. multicaule turiga eng yaqin tur A. roseum Korovin bo'lib, ko'p (11 tagacha) shoxlangan poyalari, ildizbo'g'zida o'tgan yildan qolgan qora rangli barg bandlarining bo'lishi hamda gultojbarglarining rangi bilan farqlanadi.
Aulacospermum multicaule Pimenov & Tojibaev turining morfologik tuzilishi.
A. gullari B. Soyaboni C. poya asosi
Aulacospermum multicaule turining golotipi
Aulacospermum multicaulening tarqalish areali