Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O‘zbekiston-Tatariston: ilmiy hamkorlik kengaymoqda


Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy tashrifi chog‘ida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi va Qozon federal universiteti o‘rtasida Toshkent viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi hukumati oʻrtasida 2021–2022-yillarga moʻljallangan hamkorlikni kengaytirish bo’yicha “Yo‘l xaritasi” asosida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida qoʻshma fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, innovatsion faoliyatni birgalikda amalga oshirish, qoʻshma taʼlim va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, pedagogik va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish hamda ilmiy-maʼrifiy faoliyatni takomillashtirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy faoliyatni takomillashtirish, shu jumladan, xalqaro akademik almashinuv yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

shuningdek, tomonlar, O‘zbekistonda Omiks va molekulyar genetik texnologiyalar qo‘shma markazini tashkil etish imkoniyatlarini ham o‘rganadilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!