“O‘zbekiston tarixi” jurnalining bu galdagi sonida har doimgidek bir-biridan qiziqarli maqolalar va tarixiy hujjatlardan tashkil topgan yangi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yangilangan konstitusiyamiz uchunchi renessansni barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilish haqida 2023 yilning 8 may kuni qilgan tarixiy ma’ruzalari bilan boshlanib, haqiqatdan ham uchunchi renessans poydevorining asosi ilm ekanligi uni huquqiy kafolati mustahkamlanganligi bilan ahamiyatlidir.
Dastlabki ilmiy maqola Tarix instituti Bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning “Turkiston ayol qo‘rboshilari” nomli maqola bilan boshlanadi. Ushbu maqolada Turkiston hududida rus bosqiniga qarshi mardonavor harakatlar olib borgan ayol qo‘rboshilar haqida so‘z boradi. “O‘zbekiston tarixi” jurnalining 2022 yil 1 -sonida “Turkiston qurboshilari” nomli katta maqolaning g‘oyaviy davomi desa bo‘ladi.
Navbatdagi ilmiy maqolada Sharqshunoslik instituti Bosh ilmiy xodimi tarix fanlari doktori O‘ktambek Sultonovning “Aholi qo‘lidagi tarixiy hujjatlarni raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” deb nomlangan bugungi kun o‘rta asrlar davri tarixini xolis manbalar asosida tadqiqi etishda qo‘lyozma manbalarning qancha qismi aholi qo‘lida qolib ketayotganligi ularni ilmiy muomalaga tortishda yo‘l qo‘yilayotgan sustkashliklar haqida, hamda bartaraf etish choralari xususida olim o‘z mulohazalarini bildirib o‘tgan.
Yosh umidli tarixchi olim Jumaniyoz Sangirov tomonidan “O‘zbek davlatchiligi ashtarxoniylar davri tarixi Turkiston yozma manbalarida” deb nomlangan ilmiy tahliliy maqolada, o‘zbek davlatchiligi tarixida munosib o‘rin tutgan ashtarxoniylar sulolasi tarixi haqida so‘zlovchi 30 dan ortiq qo‘lyozma manbalarning ilmiy tahlilini berib o‘tilgan. Yosh olimning bu kabi jasorati millat yoshlarini tariximizni chuqur tahliliy, haqqoniy o‘rganishga davat etadi. Bu manbalarning aksari ilk marta ilmiy muamalaga tortilganligi bizni xursand qiladi.
Galdagi maqola Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Orif Sharipov va Tarix instituti tayanch doktoranti Shaxzod Ahmedovlar tomonidan hamkorlikda tayyorlangan bo‘lib, maqolada mustaqillikning ilk yillarida chorva naslchilik masalasida yuzaga kelgan jiddiy vaziyat va oxirgi yillarda bu masalada Respublikamizda olib borilayotgan ishlar davriy matbuot va arxiv hujjatlari asosida ilmiy tahliliy tarzda ochib berilgan.
An'anaga muvofiq jurnalning so'ngi sahifasida yana bir jiddiy ishga qo‘l urildi. Milliy arxivda saqlanayotgan asl hujjatlar ilm ahliga ochiqlik va shaffoflikning bir ko‘rinishi sifatida asl holatida ilmiy iqtiboslari va tahlili bilan taqdim etildi. Bu sonimizning hujjatlar tilga kirganda sahifasining muallifi Tarix instituti Eng yangi tarix bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mashhuraxon Darmonova tomonidan “Ozodlik va ma’rifatchilik uchun ayblanganlar” deb nomlangan hujjatlar to‘plami taqdim etildi.
Aziz jurnal mushtariylari bu galgi sonimizda o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixining qisqa lekin shonli tarixini batafsil, arxiv hujjatlari, gazeta va milliy manbalarimiz orqali tahliliy ma’lumotlar orqali Siz o‘quvchilarga boricha yetkazib berilganidan mamnunmiz, bu sonimiz sizga manzur bo‘lishiga ishonamiz.
Hurmat bilan, O‘zbekistonda ilk bor mutloq to‘lovsiz munosib maqolarni nashr etib kelayotgan “O‘zbekiston tarixi” jurnali tahririyati.