馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari ko始rgazmasi o始tkazildi


Joriy yil 19-avgust kuni O始zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ilk bor Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari ko始rgazmasi o始tkazildi.

 

 

Ushbu ko始rgazmani o始tkazishdan ko始zlangan asosiy maqsad – mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, qishloq xo始jaligi, kimyo sanoati, tog始-konchilik, farmatsevtika sohalarini rivojlantirishdagi salmoqli ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda yangi texnologiyalarni tadbiq etish, mavjudlarini takomillashtirish, F袗 ilmiy ishlanmalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish.

Ko始rgazmada Fanlar akademiyasi olimlarining 200 ga yaqin ishlanmalari namoyish etildi. Jumladan, Fanlar akademiyasi hududiy bo始limlari – Xorazm Ma始mun akademiyasi, Qoraqalpog始iston hamda Navoiy bo始limlari, fizika-matematika, texnika, kimyo-biologiya yo’nalishlarida qishloq xo始jaligi, kimyo, farmatsevtika sanoati uchun ishlanmalari va gumanitar yo始nalishdagi ilmiy muassasalar hamda muzeylarning monografiyalari, kitob-albomlari, darsliklari o始rin egallagan.

 

Shuningdek, ko始zrgazmada xorijiy davlatlar elchixonalari, yirik sanoat korxonalari hamda qishloq xo始jaligi, 10 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari etdi.

Mazkur ko始rgazma olimlar tomonidan yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, so始nggi ilmiy ishlar natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta始minlash imkonini beradi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!