Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari koʼrgazmasi oʼtkazildi

Joriy yil 19-avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ilk bor Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari koʼrgazmasi oʼtkazildi.

 

 

Ushbu koʼrgazmani oʼtkazishdan koʼzlangan asosiy maqsad – mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, qishloq xoʼjaligi, kimyo sanoati, togʼ-konchilik, farmatsevtika sohalarini rivojlantirishdagi salmoqli ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda yangi texnologiyalarni tadbiq etish, mavjudlarini takomillashtirish, FА ilmiy ishlanmalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish.

Koʼrgazmada Fanlar akademiyasi olimlarining 200 ga yaqin ishlanmalari namoyish etildi. Jumladan, Fanlar akademiyasi hududiy boʼlimlari – Xorazm Maʼmun akademiyasi, Qoraqalpogʼiston hamda Navoiy boʼlimlari, fizika-matematika, texnika, kimyo-biologiya yo’nalishlarida qishloq xoʼjaligi, kimyo, farmatsevtika sanoati uchun ishlanmalari va gumanitar yoʼnalishdagi ilmiy muassasalar hamda muzeylarning monografiyalari, kitob-albomlari, darsliklari oʼrin egallagan.

 

Shuningdek, koʼzrgazmada xorijiy davlatlar elchixonalari, yirik sanoat korxonalari hamda qishloq xoʼjaligi, 10 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari etdi.

Mazkur koʼrgazma olimlar tomonidan yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish, soʼnggi ilmiy ishlar natijalari bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash imkonini beradi.