馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston florasining yangi nashri chop etildi


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti tomonidan "O始zbekiston florasi"ning navbatdagi to始rtinchi jildi chop etildi. O始zbekiston botanika fanida muhim yangilik sifatida e始tirof etilayotgan bu nashr Markaziy Osiyo o始simliklar qoplamida muhim o始rin tutadigan G始ovzabondoshlar (Boraginaceae) oilasining zamonaviy taksonomik tarkibi, nomenklaturasi, botanik-geografiyasi, ekologiyasi va fenologiyasining xususiyatlariga bag始ishlangan. Floraning navbatdagi nashri G始ovzabondoshlar oilasi bo始yicha yirik mutaxasis, professor S.V. Ovchinnikova (Rossiya Fanlar akademiyasi, Markaziy Sibir botanika bog始i, Novosibirsk shahri) bilan hamkorlik natijasi hisoblanadi.

Mazkur ilmiy-tadqiqot ishi 2018–2022-yillarda olib borilgan dala izlanishlari natijalari, O始zbekiston Milliy gerbariysi (TASH, Toshkent, O始zbekiston), V.L. Komarov nomidagi Rossiya Fanlar akademiyasi Botanika instituti (LE, Sankt-Peterburg, Rossiya), Moskva davlat universiteti Biologiya fakulteti (MW, Moskva, Rossiya), Tojikiston Milliy akademiyasining Botanika, fiziologiya va o始simliklar genetikasi instituti (TAD, Dushanbe, Tojikiston), Rossiya Fanlar akademiyasi Markaziy Sibir botanika bog始i (NS, NSK, Novosibirsk, Rossiya), Tomsk davlat universiteti (TK, Tomsk, Rossiya), Muséum National dHistoire Naturelle (P, Parij, Fransiya), Conservatoire et Jardin bota-niques de la ville de Genève (G, Jeneva, Shveytsariya) gerbariylari, shuningdek, JSTOR (https://www.jstor.org/) xalqaro ma始lumotlar bazasiga kiritilgan bir qator virtual kollektsiyalarda saqlanayotgan gerbariy namunalarni tanqidiy o始rganishga asoslangan. O始zbekiston florasining yangi jildlarini yaratishga qartilgan bu loyihaning muqobillaridan eng muhim farqli jihatlaridan biri turlar kesimida bir asrdan ortiq muddat davomida to始plangan geografik ma始lumotlarning to始la tahlili va ularning asosida geoaxborot tizimida (G袗T) yaratilgan xaritalar hisoblanadi. G袗T xaritalar Botanika instituti xodimlari (N.Yu.Beshko, I.J.Juramurodov, U.X. Qodirov, G.T.Kurbaniyazova, S.袗.Pulatov, D.M.Tajetdinova va O.袗.Turdiboyev) tomonidan yaratilgan.

O始zbekiston florasidagi G始ovzabondoshlar oilasi vakillarining keng ko始lamli tahlili Markaziy Osiyo florasining yirik bilimdoni hisoblangan M.G.Popovning o始simliklar taksonomiyasi va biogeografiyasidagi klassik g始oyalariga asoslangan. Oila tarkibidagi turlarga boy bo始lgan turkumlarni Lappula (Rochelia bilan birgalikda) va Cynoglossum tashkil etadi. Bu taksonomik guruhlar Markaziy Osiyoda turlar xilma-xilligining muhim markazlariga ega hisoblanadi.

Tadqiqot uchun jalb etilgan ma始lumotlar ko始lamining kengligi va olib borilgan tahlillarning chuqurligi yangi nashrda keltirilayotgan ilmiy yangiliklarning salmog始ini belgilaydi. Bir qator turlar O始zbekiston florasi uchun ilk bor keltirilmoqda, floraning yangi jildini nashrga tayyorlash jarayonida yuqorida sanab o始tilgan gerbariy fondlarida saqlanayotgan tip namunalarining nomeklaturaviy tahlillari bir necha ilmiy jurnallarda chop etilgan. Ilgari bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ko始pligiga qaramasdan O始zbekiston florasining bu nashrida 25 dan ortiq lektotiplar va bitta seksiya darajasidagi yangi nom e始lon qilingan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!