O始zbekiston va Hindiston o始rtasidagi munosabatlar do始stlik, ishonchli hamkorlik, ming yillik tarixiy-madaniy, ma始naviy rishtalar orqali rivojlanib kelgan. Qadimdan ikki davlat ilm-fan taraqqiyoti va tinchlikka intilib, xalqlar birdamligi uchun hamkorlikka alohida e始tibor qaratgan. Buyuk bobokalonlarimiz Hindiston xalqining tarixi bobida benazir asarlar yaratgani, o始zbek va hind san始atlari milliy madaniyatlar va adabiyotlarimiz hamohang ekanligidan dalolat beradi. Buyuk ipak yo始lining O始zbekiston va Hindiston bo始ylab o始tishi natijasida nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniyatlar o始rtasida ham almashinuvlar yuz bergan.
2021-yil 21-yanvar kuni O'zR FA O'zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyida "O'zbekiston-Hindiston: madaniy aloqalar tarixidan" nomli foto ko'rgazma ochilishiga bag'ishlangan tantanali tabdir bo’lib o’tdi.

Ko始rgazma Toshkent fotolar uyi, O始zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ko'rgazma ochilishiga bag'ishlangan tantanali tabdirda Mirobod tumani Madaniyat bo始limi va Lal Bahodur Shastri nomidagi 24-maktab o始quvchilari o始zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Ko始rgazmada Hindiston rahbariyatining O始zbekistonga tashrifi va zamonaviy Hindistonning fotosuratlari namoyishga qo始yilgan.

O始zbekiston va Hindistonni tarixiy, madaniy aloqalar bog始lab turishi, urf-odat, an始analarda mushtarak jihatlarning mavjudligi ikki tomonlama madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini berdi. Buning natijasida O始zbekiston va Hindiston o始rtasida madaniy almashuvlarni yo始lga qo始yishda muhim ahamiyat kasb etayotgan "O始zbekiston-Hindiston" do始stlik jamiyati, Lal Bahodur Shastri nomidagi hind madaniyati markazi faoliyati yo始lga qo始yilgani hamda bugungi ko'rgazma mamlakatlarimiz o始rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga va izchil rivojlantirishga xizmat qilmoqda.