馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始zbekiston Fanlar akademiyasining 2020-yildagi asosiy yutuqlari


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning fan, texnika, madaniyat va ma始rifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi yetakchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

1. Sohada islohot va transformatsiya natijalari bo始yicha:

Ilm-fan sohalarini rivojlantirishga qaratilgan O始zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatning bir qancha farmon va qarorlari qabul qilindi.

Matematika instituti uchun zamonaviy jihozlangan yangi bino qurildi hamda Institutning Qoraqalpog始iston, Buxoro, Namangan, Samarqand, Xorazm hududiy bo始linmalari tashkil etildi. Matematika fani va ta始limini rivojlantirishni qo始llab-quvvatlash jamg始armasi tashkil etilib, 100 mln. so始m miqdorda mablag始 ajratildi.

 

Davlat va huquq instituti o始z faoliyatini boshladi.

O始simlik moddalari kimyosi institutida diagnostikumlarni ishlab chiqarish korxonasi hamda “Tibbiy kimyo va nozik organik sintez” laboratoriyasi, Mikrobiologiya institutida “Fitovirusologiya” laboratoriyasi, O始zbek tili, adabiyoti va folklori institutida “Sotsiolingvistika” bo始limi tashkil etildi.

Immunologiya va inson genomikasi instituti huzurida “Biotibbiyot texnologiyalarini muvofiqlashtirish markazi” tashkil etildi.

O始zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali sifatida Toshkent muzeyi tashkil etildi.

2. Ilm-fan sohasining asosiy ko始rsatkichlari barqarorligini ta始minlash borasida:

90 ta ixtiroga patent va 51 ta dasturiy mahsulotlar guvohnomalari olindi. 1951 ta ilmiy ish, 155 ta monografiya va albom-kataloglar, 9 darslik va o始quv qo始llanma nashr etildi.

Nobyudjet tushumlar 45,4 mlrd. so始m, eksport hajmi esa 5 990,0 ming doll. miqdorida bajarildi.

3. Kadrlar tayyorlash bo始yicha:

129 ta doktorlik, (ulardan 78- PhD, 51- DSc) dissertatsiyalari himoya qilindi. Matematika fanidan talabalar o始rtasida o始tkazilgan xalqaro onlayn olimpiadada talabalarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo始lga kiritdi.

4. Fanlar akademiyasi tizimida olib borilayotgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar natijalari iqtisodiyotimizning rivojiga hissa qo始shib kelmoqda. Jumladan:

Biologik namunalardan virus RNKsini ajratib olish to始plami va qon kasalliklarni aniqlash PZR diagnostikumi yaratildi.

Birinchi marotaba O始rta Osiyo uzum seleksiyasining 203 navlarining birlamchi genetik pasportlari tuzildi.

Suv va gidroenergetika inshootlarining seysmik holatini baholash bo始yicha ekspress uslubiyoti ishlab chiqildi.

Sharqiy O始zbekiston va O始zbekiston markaziy qismining faol yer yoriqlari morfologiyalariga va maydon uzra joylashuviga yangilangan xaritalari tuzildi va hududlarning seysmotektonik modellari ishlab chiqildi.

袗lisher Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlari to始plamining 3 jildi tayyorlandi. Yangilangan “袗lisher Navoiy asarlarining izohli lug始ati”ning 1-jildi nashr etildi.

“Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g始alabaga O始zbekiston xalqining qo始shgan munosib hissasi”ga bag始ishlangan kitob-albom o始zbek, rus va ingliz tillarida, 2 jildli “O始zbek xalq sehrli ertaklari katalogi” Germaniyada nemis tilida nashr etildi.

5 jildli “O始zbek tilining izohli lug始ati”, “Xalqaro atama elementlarning izohli-illyustrativ lug始ati”, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo始llanmasi nashr qilindi.

5. Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish bo始yicha:

Hisobot va elektron hujjat aylanish tizimi ijro.gov.uz tizimga to始liq joriy etildi, unga 36 ta ilmiy tadqiqot muassasalari va ularning ma始muriy-boshqaruv xodimlari ulandi.

Yuqori samadorli kompyuterlar (mini superkompyuter) o始rnatildi. Matematika instituti va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tomonidan COVID-19 bilan kasallanganlarni o始rganish va boshqarish tizimi ishlab chiqildi.

Zilzila sodir bo始lganda seysmik jadallik ma始lumotlarini turli masofalardan internet tarmoqlari orqali yuborish tizimi asosida zilzilalarni tezkor ogohlantirish texnologiyasi ishlab chiqildi.

6. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo始yicha:

Yetakchi xorijiy ilmiy muassasalar bilan 12 ta xalqaro qo始shma ilmiy loyihalar bajarildi, 56 nafar ilmiy xodimlar xorijiy ilmiy safarlarga yuborildi, 6 ta xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etildi va muassasalar darajasida 5 ta hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

O始zbekiston Respublikasi Global biologik xilma-xillik bo始yicha ma始lumotlar portali (GBIF tizimi)ga assotsiatsiyalangan a始zo bo始ldi.

O始zbekiston Xalqaro davlatlaro ilmiy-tadqiqotlar tashkiloti “Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti” (OIYaI, Dubna) da a始zoligini tikladi.

7. Ilm-fan yutuqlarini ommalashtirish bo始yicha:

26-27 noyabr kunlari an始anaviy “Noyabr o始qishlari” akademik seminari o始tkazildi.

袗kademiyaning veb-saytida 600 ga yaqin ilmiy yangiliklar, e始lonlar, o始tkazilgan tadbirlar haqidagi materiallar, 20 ta fotoalbom, 190 ta videoalbom, shuningdek, - Youtube kanalida 200 ga yaqin video, Telegram kanalida 800 ga yaqin materiallar e始lon qilindi. O袗V da 200 dan ortiq intervyular tashkil etildi va efirga uzatildi, gazeta va boshqa axborot agentliklari saytlarida 300 dan ortiq maqolalar e始lon qilindi.

4 ta press-tur, 9 ta ilmiy ishlanmalar taqdimoti, 4 ta ko始rgazma, 5 ta matbuot anjumani, 2 ta brifing, 50 ga yaqin ilmiy seminar va anjumanlar tashkil etildi va 7 ta rasmiy bayonot berildi.

  

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!