馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O鈥檢bekiston Fanlar akademiyasi faoliyati: so鈥檔ggi yillardagi islohotlar


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning fan, texnika, madaniyat va ma始rifat sohasida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi yetakchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.

O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ–2789-son qarori bilan Fanlar akademiyasi faoliyati tubdan takomillashtirildi.

Davlatimiz tomonidan ilm-fanni rivojlantirish, olimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ilmiy ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy qilish borasida misli ko始rinmagan islohotlar olib borildi va aytish joiz bo始lsa, o始zbek ilm-fanida yangi bosqichga qadam qo始yildi.

Xususan, so始nggi to始rt yil ichida Fanlar akademiyasi faoliyatiga tegishli O始zbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining bir qancha farmoni hamda qarorlari qabul qilindi. Fanlar akademiyasi tuzilmasi takomillashtirilib, uni rivojlantirish bo始yicha chora-tadbirlar belgilandi, bir nechta ilmiy-tadqiqot muassasalari qaytadan tiklandi va yangi tashkil etildi.

Bugungi kunda Fanlar akademiyasi tizimida 34 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi bo始lib, ularda 2021-yil 1-yanvar holatiga ko始ra jami 4 966 nafar, ilmiy xodimlar – 2 247 nafar, akademiklar 76 nafar (ulardan 28 nafari Fanlar akademiyasi tizimida), 428 nafar fan doktorlari va 797 nafar fan nomzodi hamda falsafa doktorlari samarali faoliyat ko始rsatmoqda (2020-yilda 127 ta - 99 ta PhD, 28 ta DSs doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan).

Hozirda tizimda 438 nafar doktorant, jumladan, 383 nafar tayanch doktorant (PhD) va 55 nafar doktorant (DSs) mavjud. 2020-yil yakunlari bo始yicha 124 nafari (111 ta PhD, 13 ta DSs) doktoranturani bitirgan, shundan 59 nafari (53 ta PhD, 6 ta DSs) muddatida himoya qilgan.

O始zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ–3365-son qarori asosida Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari bosqichma-bosqich ta始mirlanmoqda va moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda.

Shuni alohida ta始kidlash joizki, 2018 – 2020-yillarda Fanlar akademiyasi tasarrufidagi 17 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari binolarida qurilish ta始mirlash ishlari amalga oshirildi. 2021-yilda yana 11 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari binolarida qurilish ta始mirlash ishlari rejalashtirilgan. Hozirda Bioorganik kimyo hamda Umumiy va noorganik kimyo institutlarida ta始mirlash ishlari yakunlandi.

Xususan, Davlatimiz Rahbari rahnamoligida Yadro fizikasi instituti Fanlar akademiyasi tizimida qayta tiklangandan so始ng Institutda ilmiy tadqiqotlarni olib borishga keng sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, O始zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkakmasining 2017-yil 18-maydagi “O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to始g始risida”gi 292-son qarori bilan Institutning tashkiliy tuzilmasi va tadqiqot yo始nalishlari belgilab berildi. Ushbu qarorlar doirasida Institutda ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta始minlash va olingan natijalarni iqtisodiyotimiz sohalariga tadbiq etishga katta e始tibor qaratildi.

Jumladan, 2018-yilda Davlatimiz Rahbarining farmoyishi asosida tadqiqot yadro reaktori uchun yadro yoqilg始isi sotib olinib tadqiqot reaktorining 5-6 yil mobaynida uzluksiz faoliyati ta始minlandi.

2019-2020-yillarda 3 ta eng zamonaviy yirik qurilma – Rentgen difraktometri, 袗tom-kuchli elektron mikroskop va DLTS spektrometri davlat xaridlari tizimi orqali sotib olindi. Shuningdek, 2020-yilda Vazirlar Mahkamasining bevosita yordamida qisqa muddatda Elektron tezlatgich uchun “Magnetron” qurilmasi sotib olindi. Bu esa og始ir pandemiya davrida respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tibbiyot buyumlarining uzluksiz zararsizlantirilishini (sterilizatsiya) ta始minladi. O始tgan 3-4 yil mobaynida Institutning bir qator bino va inshootlarida ta始mirlash ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, Davlatimiz Rahbari va Hukumatimizning ilm-fanga berayotgan yordam va g始amxo始rligi tufayli Fanlar akademiyasiga ilmiy ishlar samaradorlini oshirish, jahon andozalariga mos ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun Davlat xaridlari tizimi orqali kerakli laboratoriya jihozlari sotib olingan va bu ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “O始zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to始g始risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ-3953-son qarori asosida o始rnatilgan tartib bo始yicha va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan zamonaviy asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va laboratoriya jihozlarini sotib olish choralari ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Ta始diklash joizki, O始zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-noyabrdagi “Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo始llab-quvvatlash chora-tadbirlari to始g始risida”gi PQ–4526-son qarori Institutda bajarilayotgan tadqiqotlar natijadorligini oshirish va kelgusida Institutning ilmiy-texnikaviy faoliyatini rivojlantirish yo始nalishlarini belgilab berdi. 袗yniqsa, ushbu qarorga asosan Institut faoliyatining to始g始ridan to始g始ri davlat byudjetidan moliyalashtirishga o始tishi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berdi.

Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar 2020-yildan Davlat byudjeti mablag始lari hisobidan moliyalashtirish tizimiga o始tkazildi. Bu esa o始z navbatida, olimlarimizning faoliyatini yanada samarali tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda. Jumladan, noyob obyektlar, qurilma va inshootlarni saqlash, asbob-uskuna va materiallar uchun mablag始lar o始z vaqtida to始liq ajratib berilmoqda.

Mamlakatimizda ilm-fan sohasiga berilayotgan e始tibor samarasi natijasida Fanlar akademiyasi olimlari 2020-yilda quyidagilarga erishdilar:

Biologik namunalardan virus RNKsini ajratib olish to始plami va qon kasalliklarni aniqlash PZR diagnostikumi yaratildi.

Yadro fizikasi institutida birinchi marta Markaziy Osiyoda yagona bo始lgan neytron difraktsiyasi va neytron tomografiyasi qurilmalari yaratilib ishga tushirildi, saraton kasalligini davolash uchun yangi lyutetsiy 177 radioizotop mahsulotini ishlab chiqarish yo始lga qo始yildi.

 

Birinchi marotaba O始rta Osiyo uzum selektsiyasining 203 ta navlarini birlamchi genetik pasportlari tuzildi.

Suv va gidroenergetika inshootlarining seysmik holatini baholash bo始yicha ekspress uslubiyoti ishlab chiqildi.

O始zbekistonning sharqiy va markaziy qismining faol yer yoriqlari morfologiyalariga va maydon uzra joylashuviga yangilangan xaritalari tuzildi va hududlarning seysmotektonik modellari ishlab chiqildi.

Xususan, Yadro fizikasi instituti Tadqiqot yadro reaktori asosida olingan tibbiyotda qo始llaniladigan radioizotop mahsulotlar respublikamiz klinikalarining talabini to始liq qondirish bilan birga dunyoning 10 ortiq mamlakatlariga eksportini ta始minladi.

Hozirgi kunda dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan Kobalt-57 radioizotopining 20 %ga yaqini FA Yadro fizikasi instituti qoshidagi Siklotron asosida ishlab chiqariladi va eksport qilinadi hamda shu yillar mobaynida respublikamiz korxona va tashkilotlariga sifatli mahsulot va maxsus xizmatlar yetkazib berildi. Bularning barchasi Institutda o始tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularni tijoratlashtirish yo始lida qilinayotgan sa始y-harakatlar hamda davlatimiz tomonidan ilm-fanga va olimlarga qaratilayotgan e始tibor samarasidir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ilmiy faoliyatni taraqqiy toptirishdan ko始zlangan maqsad, eng avvalo, har bir mamlakatda iqtisodiy, siyosiy va strategik barqarorlikni ta始minlashdan iborat. Shunday ekan, Yurtboshimiz tomonidan ilm-fan sohasida olib borilayotgan siyosatni qo始llab-quvvatlagan holda, barcha imkoniyatlarni ishga solib, mamlakat qudratini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi ilmiy-tadqiqot natijalarini taqdim etish Fanlar akademiyasining eng muhim vazifasidir.

 

Fanlar akademiyasi

 袗xborot xizmati.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!