Bugun, 12-oktyabr kuni O始zR F袗 Direktorlar kengashining navbatdagi yig始ilishi o始tkazildi. Yig始ilishni Direktorlar Kengashi raisi Q.Davronov ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.
Kun tartibidagi birinchi masala bo始yicha F袗 prezidenti B.Yuldashev so始zga chiqib, tizimda oxirgi besh yilda amalga oshirilayotgan ishlarga, ilmiy tadqiqotlar natijalariga to始xtaldi.
So始ngra, F袗 Matematika instituti direktori Sh.袗yupov F袗 Ustavining yangi tahriri haqida gapirib, unga kiritilgan o始zgartirishlar bo始yicha ma始lumot berdi.
Yig始ilish kun tartibidagi navbatdagi masala – F袗 ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi asosida ilmiy va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash bo始yicha amalga oshirilayotgan ishlar to始g始risida F袗 bosh ilmiy kotibi G始.Baxadirov ma始lumot berdi.
Ma始lumki, Davlatimiz Rahbari rahnamoligida so始nggi yillarda ilm-fanga alohida e始tibor va g始amxo始rlik ko始rsatilmoqda. Xususan, 2020-yil 1-yanvardan F袗 tizimidagi barcha ilmiy tadqiqot muassasalari byudjetdan moliyalashtirish tizimiga o始tdi. F袗 Moliya-iqtisod bo始limi boshlig始i M.Jo始raeva ilmiy-tadqiqot muassasalarining to始g始ridan-to始g始ri byudjetdan moliyalashtirishga o始tgandan keyingi faoliyati haqida to始xtaldi.
Shuningdek, yig始ilish kun tartibida F袗 tizimidagi ijro intizomi holati va belgilangan topshiriqlar ijrosi to始g始risida ham ma始lumot berildi.
Yig始ilish so始nggida F袗 tomonidan yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan ishlar bo始yicha aniq vazifalar belgilab olindi.