2021-yil 26-fevral O始zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti O始zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda akademik Yahyo G始ulomov nomidagi “O始zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi” respublika ilmiy seminarining “O始zbek xalqi va davlatchiligi tarixi hamda tarixshunosligi masalalari” mavzusida 77-umummilliy yig始ini o始tkazildi.

Umummilliy yig始ilishni Tarix instituti direktori tarix fanlari doktori, professor 袗zamat Ziyo kirish so始zi bilan ochib berdi. So始ngra Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom 袗bduhalimov so始zga chiqib, anjumanni ishiga hamda ma始ruzachilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so始ng ilmiy seminarning tartibiga ko始ra ushbu ummumilliy anjumanni seminar raisi tarix fanlari doktori, professor Dilorom 袗limova tomonidan olib borildi.

Ilmiy anjumanda Respublikada faoliyat ko始rsatayotgan ijtimoiy-gumanitar yo始nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o始quv yurtlari professor-o始qituvchilari hamda magistr va talabalar ishtirok etishdi.
袗njumanda Qadimgi Turon aholisining genetik shakllanishiga doir so始ngi natijalar, Fan tarixidagi yutuqlar, muammolar va yechimlar, o始zbek davlatchiligi tarixining o始rta asrlarga doir zamonaviy yondashuvlar, Mustamlakachilik davri tarixini o始rganishdagi yutuqlar, muammolar va yechimlar hamda O始zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etishdagi masalalar to始g始risidagi ma始ruzalar tinglandi.

Ma始ruzalar so始nggida qizg始in savol-javoblarga boy, yangicha qarashlar hamda yangi fikrlar asosida tarixchilarni qiziqtirgan masalalar atroflicha muhokama etildi.
袗njuman so始nggida akademik 袗hmadali 袗sqarov, yetakchi olimlar 袗had Xo始jayev, Shavkat Saidov va boshqa mutaxassislar ma始ruzalar bo始yicha o始z fikr-mulohazalarini bildirib o始tishdi.