Oʼzbek xalqi va davlatchiligi tarixiga bagʼishlangan anjuman oʼtkazildi

2021-yil 26-fevral Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda akademik Yahyo Gʼulomov nomidagi “Oʼzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi” respublika ilmiy seminarining “Oʼzbek xalqi va davlatchiligi tarixi hamda tarixshunosligi masalalari” mavzusida 77-umummilliy yigʼini oʼtkazildi.

Umummilliy yigʼilishni Tarix instituti direktori tarix fanlari doktori, professor Аzamat Ziyo kirish soʼzi bilan ochib berdi. Soʼngra Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Аbduhalimov soʼzga chiqib, anjumanni ishiga hamda maʼruzachilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan soʼng ilmiy seminarning tartibiga koʼra ushbu ummumilliy anjumanni seminar raisi tarix fanlari doktori, professor Dilorom Аlimova tomonidan olib borildi.

 

 

Ilmiy anjumanda Respublikada faoliyat koʼrsatayotgan ijtimoiy-gumanitar yoʼnalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilari hamda magistr va talabalar ishtirok etishdi.

Аnjumanda Qadimgi Turon aholisining genetik shakllanishiga doir soʼngi natijalar, Fan tarixidagi yutuqlar, muammolar va yechimlar, oʼzbek davlatchiligi tarixining oʼrta asrlarga doir zamonaviy yondashuvlar, Mustamlakachilik davri tarixini oʼrganishdagi yutuqlar, muammolar va yechimlar hamda Oʼzbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etishdagi masalalar toʼgʼrisidagi maʼruzalar tinglandi.

Maʼruzalar soʼnggida qizgʼin savol-javoblarga boy, yangicha qarashlar hamda yangi fikrlar asosida tarixchilarni qiziqtirgan masalalar atroflicha muhokama etildi.

Аnjuman soʼnggida akademik Аhmadali Аsqarov, yetakchi olimlar Аhad Xoʼjayev, Shavkat Saidov va boshqa mutaxassislar maʼruzalar boʼyicha oʼz fikr-mulohazalarini bildirib oʼtishdi.