O始zbekiston Respublikasi Prezidentining milliy madaniyatimizning ajralmas bir qismi bo始lgan baxshichilik san始atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san始atimizdagi o始rni va ahamiyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy o始zlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Baxshichilik san始atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to始g始risida”gi qaroridagi belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗lisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Respublika ma始naviyat va ma始rifat markazi Surxondaryo viloyati bo始limi bilan hamkorlikda filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulov hamda Nargiza Rahmatullayevalar tomonidan nashrga tayyorlangan “Xonoyim pari” kitobi G始afur G始ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi.

Ushbu kitobda O始zbekiston xalq baxshisi 袗bdunazar Poyonovdan yozib olingan “Xonoyim pari”, “Torkiston”, “Sanam gavhar”, “Kelinoy” va “Ollanzar Olchinbek” kabi dostonlar o始ziga xos ijro usuli, badiiyati bilan tamomila ajralib turadi.
“Xonoyim pari”, “Torkiston” va “Sanam va Gavhar” “Go始ro始g始li” turkumiga kiruvchi muhabbat haqidagi dostonlardir. “Kelinoy” va “Ollanzar Olchinbek”da esa epik ijodkorlik, ya始ni baxshichilik san始ati ulug始langan.
Bu kabi dostonlar faqatgina xalqining shonli o始tmishini hikoya qiluvchi adabiy yodgorlikkina emas, komil inson tarbiyasida muhim ahamiyatga ega, bugungi kunda tobora globallashib borayotgan jamiyatda o始zligini saqlab qolishning muhim omili, ertangi kungi ma始naviy-madaniy taraqqiyotning poydevori, millat va elatlar o始rtasida do始stlikni ulug始lovchi, insoniylikni tarannum etuvchi badiiy so始z namunasi ekanligi bilan muhim ahamiyatga ega.