馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O'zbek tili Koreyada


O始zF袗 O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari fan va ta始lim integratsiyasini ta始minlash ishlarida ham jonbozlik ko始rsatib kelmoqda. Bugungi kunda Institut ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan o始zbek tili, adabiyoti va folkloriga oid darsliklardan ta始limning turli bo始g始inlarida foydalanilmoqda. Shu kunlarda Institutning Sotsiolingvistika bo始limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Yorqinjon Odilovning Janubiy Koreyaning Hankuk universiteti professorlari (PhD) 袗ziza Mashrabbekova hamda Lee Jieon bilan hamkorlikda tayyorlangan “O始zbek tili. Standart darslik” nashrdan chiqdi.

Ushbu darslik V2 darajasi uchun mo始ljallangan bo始lib, unda koreys talabalarining o始zbek tili grammatik tuzilmalarining turli variantlaridan foydalangan holda dolzarb, ijtimoiy ahamiyatli mavzularda professional muloqot qilish ko始nikmalarini rivojlantirish maqsad qilingan. Darslikdagi mashq va topshiriqlar oldin o始rganilgan grammatik shakl va qurilmalardan nutqda erkin foydalanish malakalarini egallash va ularni yanada rivojlantirishga yo始naltirilgan, tegishli mavzular doirasida o始quvchilarning lug始at boyligini oshiradigan materiallar berilgan. Va, albatta, darslikda hal qilinayotgan kommunikativ vazifalar tarkibini murakkablashtirish orqali lingvistik kompetentsiyani shakllantiradigan o始quv topshiriqlari taqdim qilingan.

Mualliflar talabalarga avval o始rganilgan grammatik qoidalarni takrorlashga yordam beradigan topshiriqlar bilan birga, ko始makchi fe始llar, o始zlik olmoshlari, darslikning darajasiga muvofiq ravishda yangi faol qurilma va iboralar bo始yicha yangi materiallarni berganlar. Darslikning “Ilova” qismiga qoliplashgan birikma va birikuvlar, ko始makchi fe始lli qo始shilmalar, undov so始zlar, o始zbek tili tinish belgilari va boshqa foydali ma始lumotlar kiritganlar. Bu orqali o始quvchilarga turli kommunikativ vazifalarni hal qilishda zarur til vositalarining to始liq to始plamini taqdim etishga harakat qilingan. Har bir mavzuga o始zbek madaniyatini tarannum etadigan qiziqarli matnlar tanlangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!