O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutida yetakchi ilmiy xodimi Sh.Shomurotov rahbarligidagi bir guruh olimlar silga qarshi “Biomayrin 600 mg” preparatini yaratdilar. Ushbu preparat poligalakturon kislotasi (pektin) va silga qarshi preparatlar – izoniazid, etambutol va rifampitsin asosida olingan.

O始zbek olimlari tomonidan yaratilgan mazkur preparatning afzalligi shundaki, u makromolekulyar tabiatga ega bo始lib, tabiiy polimer poligalakturon kislota makromolekulasiga silga qarshi izoniazid, etambutol va rifampitsin kimyoviy bog始lar vositasida bog始langan. Buning natijasida ushbu kasallikka qarshi boshqa preparatlarga nisbatan organizmga nojo始ya ta始siri bir necha marta kamaygan hamda organizmdagi samarali ta始sir vaqti bir necha bor ortgan. Preparat patogen hujayralarga yo始naltirilgan ta始sir ko始rsatadi, silning turli shtammlariga nisbatan yuqori faollikka ega.
Hozirda ushbu “Biomayrin 600 mg” preparati tijoratlashtirishga yo始naltirilgan.