Koreya Respublikasi Bekdudegan Milliy Arboretum (BDMA) ning Bekdudegan Global urug’xonasi (BDGU) va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti (BI) bilan hamkorlikda urug'lar bo'yicha ilk marotaba THE BOOK OF SEEDS: APIACEAE OF UZBEKISTAN. Volume 1 nomli monografiya nashr etildi.
“Urug'lar atlasi: O'zbekiston soyabonguldoshlari. 1-jild. " ("Urug'lar kitobi: O'zbekiston apiaceae. I jild") mualliflari Mustafina F.U., Beshko N.Yu., Kim Sujinlar O'zbekiston Respublikasi hududida o'sayotgan soyabonguldoshlar oilasi (Apiaceae Lindl.) turlarining urug'lari tuzilish yuzasini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotlar eng yangi texnologiyalar: COXEM CX-200 skanerlash elektron mikroskopi (SEM) va Leika DVM6 stereomikroskopi yordamida amalga oshirildi. Ushbu kitob Koreya Respublikasi Bekdudegan Milliy Arboretum (BDMA) ning Bekdudegan Global Urug’xonasi (BDGU) va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti (BI) bilan hamkorlikdagi urug'lar bo'yicha ilk nashrdir.
Bekdudegan Milliy Arboretumi va Botanika instituti o'rtasidagi hamkorlik 2018-yilda tashkilotlar o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandum imzolanganidan so'ng boshlandi. O'shandan beri Botanika instituti xodimlari BDMA tomonidan tashkil etilgan bir qator treninglarda, Markaziy Osiyo va Koreyaning florasini o'rganish bo'yicha qo'shma ilmiy ekspeditsiyalarda qatnashdilar va o'simliklarning bioxilma-xilligini saqlash va ulardan oqilona foydalanish bo'yicha qo'shma loyihalarni muhokama qildilar.
BDGU - bu nafaqat Koreya Respublikasida, balki butun dunyoda flora uruglar'ini saqlaydigan urug' saqlash omboridir. Urug’xona Koreya Respublikasining Bonva-gan viloyatidagi Munsu-ro tog'i ichida 46 metr yer ostida joylashgan. Bu yerda global tabiiy ofatlar va texnogen falokatlardan saqlash uchun yovvoyi flora urug'lari saqlanadi. BGU 2 mln urug'lik kolleksiyasini saqlashi mumkin.
Fundamental tadqiqotlarsiz biologik xilma-xillikni tushunish va uni saqlash imkonsizdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, urug'larni ex situ saqlashning tarkibiy qismlaridan biri sifatida o'rganish dunyodagi o'simliklarning bioxilma-xillik boyligini kelajak avlodlarimizga samarali meros sifatida o'tkazish juda muhimdir.
Ushbu kitob 120 tur haqida ma'lumot beradi, bu O'zbekistondagi barcha soyabonguldoshlar turlarining 50 foizini tashkil etadi. Har bir tur uchun nomenklatura ma'lumotlari, rus va o'zbek tillaridagi turlarning nomlari, turning ilmiy nomi, o'simliklarning fotosuratlari yoki voucherlari, shuningdek turlarning tarqalishi to'g'risidagi ma'lumotlar va sxematik xaritasi keltirilgan. Shuningdek, o'simliklarning rus va ingliz tillarida qisqacha tavsifi mavjud, gullash va meva berish davrlari ko'rsatilgan. SEM va Leika stereomikroskopi yordamida olingan strukturaviy yuzaning fotosuratlari, shuningdek urug'larning umumiy ko'rinishi taqdim etilgan. Urug'larning tavsiflari rus va ingliz tillarida taqdim etilgan.
Ushbu kitob keng doiradagi kitobxonlarni jalb etib, tadqiqotchilar va talabalar uchun ham, tabiat ixlosmandlari uchun ham qiziqarli bo'lishi mumkin.