12-aprel — Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni. Bu sana arafasida O始zbekiston Repsublikasi Fanlar akademiyasi 袗stronomiya institutiga Yaponiya kosmik agentligi (JAXA)dan tashakkurnoma (“Honor award”) keldi. Bu bilan JAXA 2019-yilda Ryugu (162173) asteroidiga “Xayabusa-2” (“Lochin”) sayyoralararo kosmik apparatni uchirib, 2021-yilda undan olingan tuproq namunalarini Yerga yetkazgan muvaffaqiyatli missiyasini amalga oshirishda o始zbekistonlik astronomlarning hissasini ham yuksak baholaganlarini tasdiqlashdi.

Bu voqealardan ancha oldin, 2010-yilda ham Yaponiya kosmik agentligi olamshumul loyihani amalga oshirishga muvaffaq bo始lgan edi. JAXA “Xayabusa-1” kosmik kemasining Itokava asteroidiga parvozni amalga oshirib, asteroid tuprog始i namunalarini yerga yetkazgan edi. Oydan minglab marta uzoqroq masofada joylashgan asteroiddan tuproq olib kelinishi jahon kosmonavtikasi rivojiga qo始shilgan muhim hissa bo始ldi. Loyihaning muhim ahamiyati shundaki, asteroidlar moddasi tarkibini o始rganish bu modda murakkab geologik jarayonlarga chalinmaganligi tufayli bundan bir necha milliard yil oldingi holatini saqlab qolgan va sayyoralar, xususan, Yer paydo bo始lgan protoplanetar bulut materiyasi to始g始risida muhim ma始lumotlar olindi.
Xalqaro astronomiya ittifoqi Yaponiyaning kosmonavtika rivojiga qo始shgan ulkan hissasini e始tirof etib, 2012-yilda bir qator asteroidlarga Xayabusa-1 missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan yapon olimlari, muhandislari va konstruktorlari nomini berish uchun kvota ajratadi. Maxsus komissiya tuzilib, nomzodlarni saralash ishlari qizg始in boshlanib ketdi. Shu payt yaponiyalik astronomlar komissiya a始zolarini taajubga solib, ajratilgan asteroidlardan biriga O始zbekistondagi Maydanak observatoriyasi nomini berishni taklif etishadi. 袗jratilgan har bir kvotaga bir nechtadan yaponiyaliklar to始g始ri kelib turgan bir paytda O始zbekistondagi observatoriya nomini berish haqiqatdan ham taajublanarli hol edi. Lekin yaponiyalik astronomlar o始zlarining takliflarini shunchalik asoslab berishdiki, ularning taklifi qabul qilindi va 22948-sonli asteroidga “Maydanak” nomi berildi. Shu tariqa yaponiyaliklar o始zbek astronomlarining Xayabusa-1 missiyasini amalga oshirishga qo始shgan hissasini yuksak e始tirof etdilar.
Shu o始rinda ta始kidlash joizki, kosmik kema parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun uning traektoriyasini Yerdagi observatoriyalardan olib borilgan kuzatuvlar asosida muntazam ravishda to始g始rilab borish kerak. Bir tasavvur qilib ko始ring-a, asteroidga bir necha yil parvoz qilib, kosmik apparat uchrashuv nuqtasiga atigi bir soatga kechikib borsa asteroid bir necha ming kilometr uzoqlashib ketadi. Loyiha amalga oshmay qoladi.
Noyob astroiqlimi va qulay geografik joylashuvga ega Maydanak observatoriyasida astronomlarimiz Itokava va Ryugu asteroidlarini yuqori sifatli kuzatuv natijalari (osmon koordinatalari) bilan ta始minlash orqali JAXA missiyasining muvaffaqiyatiga o始zlarining kamtorona hissasini qo始shishdi.