馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

O始rta va yuqori paleolit davri xususiyatlarini aks ettiruvchi ko始plab tosh qurollar majmuasi topildi


O始zbekistonning sharqiy qismidagi G始arbiy Tyan-Shan tog始lari oralig始idagi Chotqol tog始lari hududida so始ngi yillarida, Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo始limi 袗rxeologiya va etnografiya instituti, Polshaning Varshava universiteti arxeologiya fakulteti va O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan xalqaro hamkorlik asosida arxeologik dala qidiruv tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Ushbu izlanishlarda Polshaning Varshava universiteti arxeologiya fakulteti xodimlaridan Ma艂gorzata Kot, Piotr Moska, Micha艂 Leloch, Karol Szymczak, Rossiyaning Novosibirsk, Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali 袗rxeologiya va etnografiya instituti xodimlaridan Konstantin Povlenok, Sergey Kogay, Milliy arxeologiya markazi xodimlaridan Muxiddin Xo始janazarov, 袗zbiddin Xolmatov va G’ayratxon Muxtarov ishtirok etdilar hamda ular tomonidan Ohangaron daryosi o始rta oqimi, o始ng sohilida joylashgan yangi paleolit yodgorligi, “Ko始ksaroy 2” manzili aniqlandi.

Tadqiqotlar natijasida o始rta va yuqori paleolit davri xususiyatlarini aks ettiruvchi ko始plab tosh qurollar majmuasi qo始lga kiritildi.

Tuproq namunalari tahlili asosida “Ko始ksaroy 2” ning yoshi 70-20 ming yilliklarni o始z ichiga olganligi aniqlandi.

Ushbu yodgorlik O始rta Osiyoning o始rta paleolitdan yuqori paleolitga o始tish davriga daxldor munozarali masalalarni o始rtaga tashlamoqda.

Izlanishlar natijalari xorijiy hamkorlar bilan hammualliflikdagi dunyoning eng nufuzli jurnalidan biri hisoblangan “Antiquity” da batafsil yoritildi.

Maqolaning to始liq matni bilan quyida tanishish mumkin:

https://www.cambridge.org/core/journals/antiquity/article/new-evidence-for-mountain-palaeolithic-human-occupation-in-the-western-tian-shan-piedmonts-eastern-uzbekistan/E4DBB182B9ADE4E149B7D6CF3CD0D7BF#article

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!