Oʼzbekistonning sharqiy qismidagi Gʼarbiy Tyan-Shan togʼlari oraligʼidagi Chotqol togʼlari hududida soʼngi yillarida, Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʼlimi Аrxeologiya va etnografiya instituti, Polshaning Varshava universiteti arxeologiya fakulteti va Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan xalqaro hamkorlik asosida arxeologik dala qidiruv tadqiqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Ushbu izlanishlarda Polshaning Varshava universiteti arxeologiya fakulteti xodimlaridan Małgorzata Kot, Piotr Moska, Michał Leloch, Karol Szymczak, Rossiyaning Novosibirsk, Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali Аrxeologiya va etnografiya instituti xodimlaridan Konstantin Povlenok, Sergey Kogay, Milliy arxeologiya markazi xodimlaridan Muxiddin Xoʼjanazarov, Аzbiddin Xolmatov va G’ayratxon Muxtarov ishtirok etdilar hamda ular tomonidan Ohangaron daryosi oʼrta oqimi, oʼng sohilida joylashgan yangi paleolit yodgorligi, “Koʼksaroy 2” manzili aniqlandi.
Tadqiqotlar natijasida oʼrta va yuqori paleolit davri xususiyatlarini aks ettiruvchi koʼplab tosh qurollar majmuasi qoʼlga kiritildi.
Tuproq namunalari tahlili asosida “Koʼksaroy 2” ning yoshi 70-20 ming yilliklarni oʼz ichiga olganligi aniqlandi.
Ushbu yodgorlik Oʼrta Osiyoning oʼrta paleolitdan yuqori paleolitga oʼtish davriga daxldor munozarali masalalarni oʼrtaga tashlamoqda.
Izlanishlar natijalari xorijiy hamkorlar bilan hammualliflikdagi dunyoning eng nufuzli jurnalidan biri hisoblangan “Antiquity” da batafsil yoritildi.
Maqolaning toʼliq matni bilan quyida tanishish mumkin: