馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Orol dengizi tabiati va ekologik holatini o始rganish bo始yicha ilmiy ekspeditsiya uyushtirildi


O始zR F袗 Seysmologiya instituti Kompleks regional geografik prognozlashtirish laboratoriyasi xodimlari Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti qoshidagi “Orolbo始yi tabiatini o始rganish” markazi yosh olimlari bilan birgalikda Orol dengizi tabiati va ekologik holatini o始rganish uchun hududga ilmiy ekspeditsiya uyushtirdi.

Ekspeditsiya davomida Orol dengizining qurigan tubidan ko始tarilayotgan chang, tuz va qumlarning ko始chishi, Orolbo始yida kechayotgan tabiiy geografik jarayonlar, cho始llanish hodisasini kuzatish ishlari olib borildi.

Ekspeditsiya ishtirokchilari ikkita marshrut bo始yicha izlanish olib bordi. Birinchi yo始nalish – hozirgi kunda Orol dengizining suv mavjud bo始lgan, qolgan hududi cho始l, chalacho始l va botqoqliklardan iborat g始arbiy qismida o始z ishini boshladi.

 

Tabiiy landshaftlardagi o始zgarish sezilarli darajada ko始zga tashlanadi. Tuproq qoplami, o始simlik va hayvonot olamida tadrijiy o始zgarishlar yuz bergani aniqlandi. Ustyurt chinklarining Orol dengizi bilan tutash qirg始oqlarida o始simlik qoplami qalinlashgani, yoki aksincha, chinklardan uzoqlashgan sari siyraklashib borgani kuzatildi. Chinklarda bir-birini takrorlamas tabiiy manzaralar hosil bo始lgan.

Ekspeditsiya davomida Orol dengizining g始arbiy qismida 12 ta punkt belgilanib, joylardan tuproq va o始simlik namunalari olindi.

Bundan tashqari, Orol dengizining sharqiy qismi, bundan 30-40 yil oldin suv chekingan Orolqum bo始lib, olimlar barxanlar va saksovulzorlarda o始z izlanishlarini olib bordi. Orol dengizi qurigan tubining katta qismi sharqiy hududiga to始g始ri kelgani uchun bu yerda 35 ta punkt belgilanib, namunalar olindi.

Tadqiqotchilar Orol dengizi atrofidagi 7 ta gidrometeorologik stantsiyalarda (Taxtako始pir, Chimboy, Taxiatosh, Nukus, Mo始ynoq, Qo始ng始irot) bo始lib, Orolbo始yi va Orol dengizining qurigan qismida kuzatilayotgan meteorologik jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Ekspeditsiya davomida tadqiqotchilar Orolbo始yi xalqaro innovatsiyalar markazida ham bo始lib, u yerda amalga oshirilayotgan ishlar va tajriba uchastkalarida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi. Tadqiqot doirasida Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti hamda Qoraqalpoq davlat universiteti ilmiy xodimlari va izlanuvchilar bilan uchrashuv o始tkazildi.

Shuningdek, ekspeditsiya Orol dengizi qurigan tubida ro始y berayotgan tabiiy geografik jarayonlar – Orolbo始yining hozirgi deltaci va dengizbo始yi geotizimlaridagi o始zgarishlar, dengizning qurigan tubi landshaftlari shakllanishi, tiklanishi va rivojlanishi, cho始llanish kabi geoekologik jarayonlar o始rgandi. Orol dengizining qurigan qismidan ko始tarilayotgan chang, tuz va qumlarning ko始chishini aniqlash va hozirgi zamonaviy texnologiyalar yordamida Orolbo始yi mintaqasi geoekologik xaritasini tuzish kabi ishlarni amalga oshirdi.

Shu yilning may oyida O始zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo始yi xalqaro innovatsiya markazi bilan O始zR F袗 G始.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti o始rtasida ilmiy hamkorlik memorandumi imzolangan edi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!