Nurota tumanida Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limining sayyor ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi. Seminar Bo始lim olimlarining qishloq xo始jalik ekinlari hosildorligini oshirish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishga yo始naltirilgan innovatsion ishlanmalarning dala tajriba-sinovlari natijalari taqdimotiga bag始ishlangan.

Seminarda Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo始jaligi masalalari bo始yicha o始rinbosari 袗kmaljon Maxmudaliyev, Nurota tumani hokimi 袗zamat Fayziyev, viloyatdagi qishloq xo始jaligiga oid tashkilot va muassasalar rahbarlari, fermerlar hamda Bo始limning yetakchi olimlari, doktorantlari va stajyor-tadqiqotchilari ishtirok etdilar.
Ular joriy yilning aprel oyida tashkil etilgan pavlovniya plantatsiyasini, lalmikor yerlarda bug始doy yetishtiriladigan dalani, cho始l-yaylov ozuqabop o始simliklari urug始chiligi maydonini katta e始tibor bilan ko始zdan kechirdilar.

Seminar ishtirokchilari sug始orish imkoniyati bo始lmagan dalada joriy yilda yetishtirilgan bug始doyni kombayn yordamida yig始ib-terib olish jarayonini boshlanishini guvohi bo始ldilar. Bu yerda boshoqli don ekinlari yomg始irli mavsumdagina chanqog始ini qondira olgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko始ra, har gektardan kamida 1,5 tonna bug始doy yig始ib olindi. O始rib olingan bug始doy kelgusi yil ekish uchun urug始lik fondiga jo始natiladi. Mutaxassislarning fikriga ko始ra, bunday bug始doy tarkibidagi kleykovina miqdori sug始oriladigan yerlarda o始stirilgandan bo始g始doyga nisbatan kattaroqdir. Bu ko始rsatkich qanchalik yuqori bo始lsa, donli ekinlar sifati shunchalik yaxshi bo始ladi. Biroq, joriy tajribaning yakuniy natijalari namunalarni laboratoriya sinovidan o始tkazgandan so始ng qisqa vaqt ichida ma始lum bo始ladi. Vaholanki, Bo始lim tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyani 400 gektardan ortiq yer maydonga joriy etishni bir necha fermer xo始jaliklari istagini bildirdi.

袗yni paytda mazkur fermer xo始jaliklariga markazlashgan holda xizmat ko始rsatish uchun qishloq xo始jaligi texnikalarini xarid qilish bilan texnik ko始mak loyihasini tayyorlash, keyinchalik loyihani o始zaro manfaatli asosda amalga oshirish ko始zda tutilgan.
Viloyat hokimi o始rinbosari 袗.Maxmudaliyev, tuman hokimi 袗.Fayziyev va Fanlar akademiyasi Navoiy bo始limi raisi 袗.Mirzayevlar qishloq xo始jaligi sohasi yetakchi sohalardan biri bo始lib kelgan va shunday bo始lib qolayotganini va respublikaning oziq-ovqat xavfsizligini ta始minlash masalasini qamrab olganini alohida ta始kidladilar. Shu bois, nazariya va amaliyot zamon bilan hamnafas bo始lishi, energiya va resurslarni tejash, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish muammolarini hal etishni hisobga olgan holda innovatsiyalarni joriy etish imkonini beradigan olimlar va fermerlar o始rtasida doimiy muloqotni yo始lga qo始yishni taklif qildilar. Ilmiy tadqiqotlarda bu integratsiya jarayoni ijobiy natijalarga olib keladi.