O始zR F袗 Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan muhandislik – seysmometrik kuzatuv stantsiyasi (MSKS) ishlab chiqildi. Ushbu qurilma individul tok manbasi asosida kechayu-kunduz ishlaydi va zilzilalar vaqtida seysmik kuchlarni binolarga hamda ularning zaminiga ta始sirini qayd etish uchun mo始ljallangan. MSKS intensivligi 3 ball va undan yuqori bo始lgan zizilalar vaqtida o始lchash nuqtalari bo始yicha binolarni hamda zaminlarini tebranishlarini 20 sekund davomida yozib oladi. Qayd qilingan yozuvlar qayta ishlanadi, ma始lumotlar bazasi yaratiladi hamda ulardan seysmik kuchlar ta始sirida bino va inshootlarni deformatsiyalanish - zo始riqish holatlarini tadqiq qilishda foydalaniladi.

Qurilma turli maqsadlarda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini instrumental-hisoblash orqali baholash, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi masalalarini hisob usullari va matematik modellarini aniqlashtirish va binolarning konstruktiv yechimlarini hisobga olgan holda hisobiy sxemalarini hal qilish maqsadida tadqiqotlarni bajarishga mo始ljallangan.
Mazkur qurilmaning o始ziga xos xususiyati shundaki, doimiy rejimda ishlaydi, matematik ta始minotli kompyuter texnologiyasi asosida zilzila vaqtida signallarni yozib oladi, ma始lumotlarni fayllar ko始rinishida o始ziga saqlaydi va signallarni doimiy ravishda tahlil qiladi hamda qayta ishlov beradi.