Maydanak observatoriyasi O始zR F袗 Ulug始bek nomidagi 袗stronomiya institutining astronomik kuzatuv punkti hisoblanadi. Unda 7 ta teleskop mavjud bo始lib, ularning ichida eng kattasi – ko始zgusining diametri 1.5 metr bo始lgan 袗ZT-22 teleskopidir. Ushbu teleskoplarda turli osmon jismlari – kichik sayyoralar, koinot chiqindilari, Somon Yo始li galaktikamizdagi o始zgaruvchan va qo始shaloq yulduzlar, ekzosayyoralar, qo始shni galaktikalar va yosh, yadrosi faol bo始lgan kvazar va blazar deb nomlanuvchi yosh, shakllanayotgan galaktikalar kuzatuvlari olib borilmoqda.

Shuni ta始kidlash joizki, observatoriyaga 10 dan ortiq xalqaro ilmiy markazlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida ko始plab zamonaviy uskunalar, yorug始lik detektorlari olib kelib teleskoplarga o始rnatilgan va ular yordamida zamon talabiga javob beruvchi kuzatuvlar va tadqiqotlar o始tkazilmoqda.

Shu yilning aprel oyida O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi 3365-son qarori asosida Innovatsion rivojlanish vazirligi jamg始armasi orqali zamonaviy yorug始lik detektorlari jamlanmasi sotib olindi. Bu detektor-kameralarni 3 ta teleskopga o始rnatish orqali kuzatuv sifati va ilmiy natijalar aniqligini ancha oshirish kutilyapti.
Shu bilan birgalikda, 袗stronomiya instituti uchun Maydanakda Davlatimiz Rahbari tashabbuslari asosida ko始zgusining diametri 4 metr bo始lgan zamonaviy teleskop o始rnatish vazifasi qo始yilgan bo始lib, bu teleskopning o始rnatilishi mamlakatimizdagi astronomik tadqiqotlarning sifat darajasini bir necha karra ortishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, O始zbekistonning dengiz sathidan 2500-3000 m balandda joylashgan Turkiston tog始 tizmasi hududi – Suffa platosida hozirgi vaqtda Noyob ilmiy obyekt RT-70 radioastronomik kompleksi joylashgan va ayni paytda xalqaro kelishuv yakunlovchi pallaga kirdi.
Suffa platosi hududida radioshaffoflikni kecha-kunduz monitoring qilish bo始yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va RT-70 radioteleskopini barpo etish bo始yicha ishlarni muvofiqlashtirish O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi RT-70 radioastronomik observatoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilayotgan majmuaning bosh instrumenti to始la buriluvchi diametri 70 metrli antenna spektrning millimetrli to始lqin uzunligi diapazonining qisqa sohasida ishlovchi radioteleskopning adaptiv tizimli yangi avlodi hisoblanadi. RT-70 radioteleskopi katta yuzali antennaning nodir xarakteristikalariga ega instrument sifatida uzoqdagi apparatlar kosmik bazasi bilan aloqani ta始minlash uchun ham foydalanilishi mumkin.
Ilmiy kompleksdan foydalanish istiqbollari bizning mamlakat olimlari uchun foydali bo始lishiga shubha yo始q. Umuman olganda Fanlar akademiyasi 袗stronomiya instituti, eng yaxshi optik astropunkt (Maydanak tog始i)ga ega olimlarimiz allaqachonlardan beri xalqaro dasturlarda qatnashib kelishmoqda. Maydanak observatoriyasida optik diapazonda va Suffa platosida radiodiapazonda sinxron kuzatuvlar kosmik obyektlardagi jarayonlar dinamikasi va fizikasini yanada chuqurroq o始rganish imkonini beradi.
Suffa platosidagi radioastronomik kompleks, professor-o始qituvchilar tarkibi uchun, shuningdek, Toshkent davlat universiteti va Samarqand pedagogika universiteti astrofizika va astronomiya kafejrasi hamda Toshkent axborot va aloqa unversiteti talabalari uchun ham yirik ilmiy-pedagogik markaz bo始lib qoladi.