Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Matbuot anjumani tashkil etildi


Bugungi kunga qadar SARS-CoV-2 virusi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun samarador, organizmga zararli ta'sir ko'rsatmaydigan dori vositalari yo'q va shu sababli bunday dori vositalarini yaratish o'ta dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda.

Xususan, O'zR FA Bioorganik kimyo instituti tomonidan “Rutan” preparati ishlab chiqilgan bo'lib, klinik sinov natijalariga ko'ra, mazkur preparatni COVID-19 kasalligiga hamda grippning barcha shtammlariga qarshi dori vositasi sifatida qo'llash uchun ruxsat etildi.

Joriy yil 22-aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida Fanlar akademiyasi hamda Virusologiya instituti mutasaddilari ishtirokida “Rutan” preparati va uning xususiyalariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

  

Unda preparatning klinik sinov natijalari, xususiyatlari haqida so'z yuritildi. Unga ko'ra, mazkur preparat antioksidantlik va antigipoksik xususiyatlarga ega bo'lib, SARS-COV-2 virusinig 2 ta muhim ferment tizimini ingibirlaydi. Shu jihatdan hozirda qo'llanilayotgan virusga qarshi dori vositalaridan farq qiladi va inson organizmiga hech qanday nojo'ya ta'sir ko'rsatmaydi.

Anjuman so'nggida mutaxassislar OAV vakillari savollariga javob berishdi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!