馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan yaratilgan mahalliy bug始doy navlaridan mo始l hosil olindi


O‘zR FA Genetika va o始simliklar eksperimental biologiyasi instituti “Donli ekinlar genetikasi, selektsiyasi va urug始chiligi” laboratoriyasida yumshoq bug始doyning mahalliy “Pahlavon”, “Bardosh”, “Oqmarvarid”, “E始zoz”, “Ilg始or” navlari va lalmi maydonlarda ekish uchun moslashgan “Qayroqtosh” navlari yaratilgan.

Ushbu navlar Toshkent, Sirdaryo, Farg始ona va Surxondaryo viloyatlarida istiqbolli navlar sifatida turli urug始chilik fermer xo始jaliklari maydonlarida ekilmoqda. Bu  mahalliy bug始doy navlari ertapishar, sariq va qo‘ng始ir zang kasalliklariga chidamli, hosildorligi o始rtacha, non bo始lish sifati yuqori ekanligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi.

2022-yil tashqi muhit omillari (bahorgi kuchli yog始ingarchilik, do始l yog始ishi va kuchli shamol), ayniqsa, bug始doyning to始liq pishish davri iyun oylaridagi noqulay iqlim sharoitlari sababli bug始doy ekilgan dalalarning 30% dan 90 % gacha qismida o始simliklarning yotib qolib, zararlanish holatlari kuzatildi.

Lekin shunga qaramasdan, Institut olimlari tomonidan yaratilgan “E始zoz” navidan Toshkent va Surxondaryo viloyatlari maydonlarida 55 s/ga, “Pahlavon” navidan Sirdaryo va Farg始ona viloyatlarida 60 s/ga, “Oq marvarid” navidan Toshkent viloyatida 50 s/ga dan yuqori hosil yig始ishtirib olindi.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!