馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Ko始sak qurtiga qarshi biologik preparat ishlab chiqildi


袗vval xabar qilganimizdek, joriy yil 19-avgust kuni O始zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy yutuqlari ko始rgazmasi o始tkazildi. Mazkur ko始rgazmada ilk marta O始zR F袗 Zoologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan ko始sak qurtiga qarshi biologik preparat namoyish etildi.

“Ko始sak qurti g始o始za va boshqa qishloq xo始jalik o始simliklarining eng asosiy zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Bunday zararkunanda hasharotlar sonini cheklovchi tabiiy omillar mavjud bo始lib, ularga kassalik chaqiruvchi mikroorganizmlar kiradi. Ularning orasida viruslar muhim ahamiyatga kasb etadi, ular maxsus ta始sir qilish xususiyatiga ega, ya始ni, faqat o始z xo始jayin hasharotini nobud qiladi. Tadqiqot natijalariga ko始ra, entomopatogen virus g始o始zadagi ko始sak qurtiga qarshi ekologik toza bo始lgan istiqbolli biopreparat yaratishda asos bo始ldi” deydi preparat mualliflaridan biri Zuhra 袗hmedova.

“HAVIR” biologik preparati bilan katta dala tajribalari respublikamizning Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Farg始ona vodiysi viloyatlari fermer xo始jaliklarida o始tkazildi hamda yuqori biologik samaradorligi qayd etildi.

Biologik preparat afzalligi:

 - Biopreparat ko始sak qurti sonini iqtisodiy zarar keltirish mezoni chegarasidan ortmaydigan darajada bo始lishini nazorat qilish uchun mo始ljallangan.

- HAVIR biopreparati ekologik jihatdan sof hisoblanadi, o始ziga xos, faqat ko始sak qurtiga ta始sir etadi, foydali hasharotlar va issiqqonli hayvonlar uchun zararsiz hisoblanadi va 5-10 sentner hosildorlikni saqlab qoladi.

- Natijada mahalliy bozor uchun yangi mahsulot - biologik preparatni ishlab chiqarish, import o始rnini bosish hamda mahsulot eksportini tashkil etish imkoniyatini beradi.

- Kimyoviy preparatlar sarf me始yorini keskin kamaytirishga asos bo始ladi.

- Ekologik sof mahsulot yaratiladi.

Mazkur preparat uchun O始zR Intelektual mulk agentligi patenti olindi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!