Bugun, 28-iyun kuni O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirokida “O始zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o始zgartish va qo始shimchalar kiritish to始g始risidagi” O始zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o始tkazildi.


Kirish so始zida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini tayyorlash doirasida milliy qonunchilik, qadriyatlar va huquqni qo始llash amaliyoti, o始zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta始minlash sohasidagi asosiy xalqaro standartlar hamda ilg始or xorijiy tajriba – 100 dan ortiq mamlakat konstitutsiyalari, ulardan 20 tasi so始nggi 5 yilda qabul qilingan tajribalar inobatga olingani hamda 2022-yilning 25-iyundan 5-iyulga qadar “O始zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o始zgartish va qo始shimchalar kiritish to始g始risida”gi O始zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi boshlangani haqida ma始lumot berildi.
Shundan so始ng O始zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o始rinbosari, Konstitutsiyaviy islohotlar Komissiyasining raisi, akademik 袗kmal Saidov jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilariga mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va umumxalq muhokamasi haqida batafsil to始xtaldi.


Jumladan, O始zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tarafidan “O始zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o始zgartish va qo始shimchalar kiritish to始g始risida”gi qonun loyihasini e始lon qilingani, loyihada asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o始zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o始z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo始shish taklif etilgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shu o始rinda, tadbirda Konstitutsiyada har kim davlat ta始lim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy ma始lumot olishga haqli ekanligi, Oliy ta始lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada o始zini o始zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar o始tkazish va o始qitish erkinligi huquqiga ega ekanligi, davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar o始rnatishga ko始maklashishi hamda ilmiy va texnikaviy ijod erkinligidan tashqari, badiiy ijod erkinligi berilishi hamda madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi kabi masalalarga ham alohida e始tibor qaratildi.
Jamoatchilik muhokamasi yakunida Konstitutsiyaviy tuzatishlar, birinchi navbatda, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo始lgan fuqarolarning muayyan shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini kafolatli tarzda ta始minlashga, himoya qilishga qaratilgan to始g始ridan-to始g始ri ishlaydigan normalarga aylanadi, deya xulosa qilindi.