Xorazm Ma始mun akademiyasi 袗rxeologik ekspeditsiyasi Qal始ajiq qal始a yodgorligida arxeologik tadqiqotlar davomida yodgorlikning mudofaa devorlarini ochib o始rgandi. Tadqiqotlar davomida mil. avv IV-III asrlarga oid eng qadimgi devor qismi o始rganildi. Ikki qator devor oralig始idagi yo始lak ochildi. Tashqi devorning himoya vositasi bo始lmish shinaklar ochib o始rganildi.


Ekspeditsiya yakunida ochilgan mudofaa devorlar somon suvoq bilan konservatsiya qilindi. Tadqiqotlar jarayonida bir qator antik davr sopol idishlar bo始laklari, temirdan ishlangan kamon o始q uchi hamda yog始och qoldiqlari topildi.